Kontent qismiga oʻtish

Bruce McCandless II

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Bruce McCandless II
Tavalludi
1937-yil 8-iyun Boston, Massachusetts, Amerika Qoʻshma Shtatlari

8-iyun 1937
Vafoti 2017-yil 21-dekabr (80 yoshda)
Fuqaroligi AQSh
Kasbi Dengiz aviatori, muhandis
Millati amerikalik
Kosmik karyera
Daraja Kapitan, USN
Kosmosdagi vaqt
13 kun 0 soat 31 daqiqa
Tanlash 1966-yil NASA 5-guruhi
Jami EVAs
2
Jami EVA vaqti
12 soat 12 daqiqa
Missiyalar STS-41-B, STS-31
Missiya belgisi
Isteʼfo 1990-yil 31-avgust

Bruce McCandless II (1937-yil 8-iyun – 2017-yil 21-dekabr) Amerika Qoʻshma Shtatlari dengiz floti zobiti va aviatori, elektrotexnika muhandisi va NASA astronavti boʻlgan.

Erta hayot va taʼlim

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Bruce 1937-yil 8-iyunda Massachusets shtatining Boston shahrida tugʻilgan[1]. AQSh Harbiy-dengiz kuchlarining uchinchi avlod ofitseri Bruce McCandlessning oʻgʻli va Willis W. Bradleyning nabirasi hisoblanadi, Uning otasi hamda bobosi „Shon-sharaf“ medali sohibi boʻlishgan. U 1954-yilda Kaliforniyaning Long-Beach shahridagi Vudro Vilson nomidagi katta oʻrta maktabni tamomlagan[1].

1958-yilda u Amerika Qoʻshma Shtatlari Harbiy-dengiz akademiyasining bakalavr darajasini oldi[1]. Kasbiy faoliyati davomida u 1965-yilda Stanford universitetida elektrotexnika boʻyicha magistr darajasini va 1987-yilda Xyuston-Clear Lake universitetida MBA darajasini ham olgan[1].

Bruce McCandless, 2009-yil fevral

Amerika Qoʻshma Shtatlari dengiz floti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

McCandless Florida shtatidagi Pensakola va Texasdagi Kingsvill dengiz havo stansiyalarida dengiz havo kuchlarini oʻqitish qoʻmondonligida parvoz mashgʻulotlarini oʻtadi[1].

1960-yil mart oyida u Amerika Qoʻshma Shtatlari dengiz aviatori etib tayinlandi. McCandless Duglas F4D-1 qoʻnish mashgʻulotlari oʻtash uchun Ki-Uest dengiz havo stantsiyasiga yoʻl oldi[1].

1960-yil dekabridan 1964-yil fevraligacha u Skyray va McDonnell Duglas F-4B Phantom II samolyotlarida uchuvchi sifatida 102-qiruvchi otryadga (VF-102) tayinlandi[1].

1964-yil boshida uch oy davomida McCandless Virginia shtatidagi Okeana dengiz havo stantsiyasida 43-hujum otryadida (VA-43) asboblar boʻyicha uchish oʻqituvchisi sifatida faoliyat olib borgn. Soʻngra u Stenford universitetidagi harbiy- dengiz zahiralari ofitserlarini tayyorlash korpusida elektrotexnika boʻyicha magistratura boʻlimida faoliyat olib borgan[1].

Dengiz xizmati davomida u Lockheed T-33B Shooting Star, Northrop T-38A Talon, McDonnell Duglas F-4B Phantom II, Duglas F4D Skyray, Grumman F11F Tiger, Grumman F9F Cougar, Lockheed T-1 va Seacraft samolyotlarida uchish mahoratiga ega boʻldi[1].

U 5200 soatdan ortiq parvoz vaqtiga ega boʻlib, shu jumladan reaktiv samolyotlarda 5000 soatni qayd etgan[2].

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 1,7 1,8 „The first human to make an untethered, free flight spacewalk“. New Mexico Museum of Space History. Qaraldi: 23-dekabr 2017-yil.
  2. „Bruce McCandless II NASA Biography“. NASA (2017-yil dekabr). Qaraldi: 14-aprel 2021-yil.