Bryansk oʻrmoni
Bryansk oʻrmoni – Bryansk oʻrmon qoʻriqxonasi, yaʼni Bryanskiy oʻrmon qoʻriqxonasi-Rossiyaning Bryansk viloyatida, Ukraina va Rossiya chegarasida joylashgan Nerussa daryosi boʻyidan oʻrin olgan qoʻriqxona hisoblanadi. Oʻrmon qoʻriqxona boʻlib Nerussa-Desna Wudland UNESCO-MAB biosfera rezervatining asosiy ajralmas qismi boʻlib, „Rossiyaning Yevropadagi keng bargli oʻrmonlarning xilma-xilligi va yaxlitligini“himoya qilish uchun juda ham muhim ahamiyat kasb etadi[1][2]. Bu Yevropa keng bargli oʻrmonining janubiy nuqtasida qolgan soʻngi buzilmagan oʻrmonlardan biri boʻlib, oʻrmonlar va botqoqlarda koʻpgina yovvoyi tabiatni qoʻllab quvvatlaydi. Qoʻriqxona maydoni 12,186ga (47.05 kv mil) ga teng.
Topografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bryansk qoʻriqxonasi Nerussa-Desna oʻrmonzorining bir qismi, UNESCO-MAB biosfera rezervati. Bu biosfera ekologik jihatdan bogʻlangan, qoʻriqlanadigan hududlarning yaxshi rivojlangan tarmogʻi negizida tashkil etilgan. Bryansk oʻrmoni Ukraina chegarasida joylashgan Dnepr daryosining chap irmogʻida, Desna daryosining oʻrta oqimi havzasida joylashgan. Relyefi tekis:dengiz sathidan minimal balandligi-134.5 m (Nerussa daryosi sathidan; maksimum 189.4m).Quruq yerlarda qumli va qumloq tuproqlar ustunlik qiladi; sel tekisliklar, yaylovlar va alluvial pastekisliklarda botqoq tuproqlar mavjud. Bryansk oʻrmoni vaqt oʻtishi bilan qisqarib, zich deb hisoblangan[3].
Ekoregion va iqlimi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bryanskiy Les Markaziy Yevropa aralash oʻrmonlar ekoregionida joylashgan boʻlib, Shimoli-Sharqiy Yevropaning koʻp qismini, Germaniyadan Rossiyagacha qamrab olgan moʻtadil oʻrmon mintaqasi. Bryanskiy Les iqlimi nam kontinental iqlim hisoblanib, yozi issiq boʻladi. Bu iqlim kunlik va mavsumiy haroratning katta oʻzgarishi bilan ajralib turadi, yozi iliq, qishi esa sovuq, qorli[4][5].Oʻrtacha yillik yogʻingarchilik miqdori 550 mm ni tashkil qiladi.
Oʻsimlik va hayvonot dunyosi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qoʻriqxonada oʻsimlik tanqisligi mavjud boʻlib, qumli tuproqlarda keng tarqalgan qaragʻay va qaragʻay-eman oʻrmonlari mavjud, zonali archa va keng bargli oʻrmonlar kam uchraydi[6].Oʻrmon atrofdagi qishloq xoʻjaligi landshaftidan nisbatan farq qiladi. Qoʻriqxonada 9654 gektar bufer zonasi mavjud. Qoʻriqxonaga tutash hududlarda davlat qoʻriqxonalari va hududiy ahamiyatga ega tabiat yodgorliklari tarmogʻi tashkil etilgan boʻlib, ularni muhofaza qilish va boshqarish qoʻriqxona yeridan foydalanuvchilar bilan birgalikda amalga oshiriladi. Bunga 39 100gektar federal ahamiyatga ega boʻlgan „Kletnyanskoy“davlat qoʻriqxonasi kiradi[2].
Qoʻriqxonadagi hayvonlar Palearktika mintaqasining aralash bareal-oʻrmon subdomening janubiy diapazoniga xosdir:toʻqmoq, boreal boyqush, quyon, silovsin, jigarrang ayiq va boshqalar. Bizon qoʻriqxonaga 2011 yilda olib kelingan[2].
Bryansk oʻrmoni Yevropadagi 10ta oʻrmonlar joylashgan yagona hudud.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; no text was provided for refs namedunesco-mab
- ↑ 2,0 2,1 2,2 „Official Site - Bryansk Forest Reserve“. MNRR. Qaraldi: 2016-yil 2-yanvar.
- ↑ „Desnyano-Starogutskyi National Park“. Ukraine.com. Qaraldi: 2016-yil 2-yanvar.
- ↑ Kottek, M., J. Grieser, C. Beck, B. Rudolf, and F. Rubel, 2006. „World Map of Koppen-Geiger Climate Classification Updated“ (en). Gebrüder Borntraeger 2006. Qaraldi: 2019-yil 14-sentyabr.
- ↑ „Dataset - Koppen climate classifications“ (en). World Bank. Qaraldi: 2019-yil 14-sentyabr.
- ↑ „Branksy Les Zapovednik“. Center for Russian Nature Conservation.