Bryussel shartnomasi (pakt)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Bryussel shartnomasi (1948) — Buyuk Britaniya, Fransiya, Belgiya, Niderlandiya va Lyuksemburg davlatlari tomonidan 50 yil muddatga tuzilgan pakt. Bryussel shartnomasi (pakt) Shimoliy Atlantika pakti (NATO)ning tuzilishida tayyorgarlik bosqichi boʻldi. Keyinchalik shartnoma qatnashchilari safiga GFR va Italiya aʼzo boʻldi (1954). Bryussel shartnomasi (pakt) asosida tuzilgan yangi harbiy guruh Gʻarbiy Yevropa ittifoqi deb atala boshladi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil