Kontent qismiga oʻtish

Budjet dotatsiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Budjet dotatsiyasi — (lot . dotatio hadya, xayr ehson) oʻz daromadlari va byudjetni tartibga soluvchi boshqa mablagʻlar yetishmagan taqdirda quyi byudjetning xarajatlari bn daromadlari oʻrtasidagi farqni qoplash uchun yuqori byudjetdan quyi byudjetga qaytarmaslik sharti bn ajratiladigan pul mablagʻlari („ Byudjet tizimi toʻgʻrisida“ gi OʻzR Qonunining 3-m.si). Byudjetni tartibga solishning ushbu uslubi bir qancha kamchiliklarga ega boʻlib, bunga byudjetlarda nazarda tutilgan tadbirlarni mablagʻ bn uzluksiz taʼminlab turish uchun joylarda byudjetlardan qoʻshimcha daromadlarni yunaltirishda davlat hokimiyati mahalliy organlari manfaatdorligi va moliya organlari javobgarligi pasayishini kiritish mumkin. Bundan tashqari, dotatsiya quyi byudjetning ijrosini yuqori byudjetga daromadlarning toʻliq va oʻz vaqtida kelib tushishiga qaram qilib quyadi, mana shu daromadlar hisobidan dotatsiya summalari oʻtkaziladi. Shu boisdan, byudjetni tartibga solish uslubi sifatida dotatsiya faqat shundagina qoʻllaniladiki, uning hududida yoʻnaltiriladigan barcha tartibga soluvchi daromadlar quyi byudjetga berilayotganida biriktirilgan va tartibga soluvchi daromadlar umumiy summasi rejalashtirilgan barcha xarajatlarni qoplamagan, yaʼni byudjetni defitsitsiz muvozanatlashtirishning boshqa barcha uslublari tugagan boʻlsa[1].

  1. Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi