Budjet jarayoni
Budjet jarayoni — davlat byudjetini tuzish, koʻrib chiqish, qabul qilish va ijro etish, uning ijrosini nazorat qilish, ijrosi haqidagi hisobotni tayyorlash va tasdiqlash, shuningdek davlat byudjeti tuzilmasiga kiruvchi byudjetlar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarning qonun hujjatlari bilan tartibga solingan jarayoni („Byudjet tizimi toʻgʻrisida“gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 3-moddasi). — Bu faoliyat bosqichma — bosqich amalga oshiriladi va har yili takrorlanib turadi . Budjet jarayoni bosqichlarining davomiyligi byudjet loyihasini tayyorlashdan boshlab byudjet ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni tasdiqlash jarayoniga qadar boʻlgan muddat uch yilni tashkil etadi. Budjet jarayonining mazmuni mamlakatning davlat va byudjet tuzilishi, davlat hokimiyati organlarining byudjet huquqlari bilan belgilanadi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |