Budjet taqchilligi
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Budjet taqchilligi — muayyan davrda byudjet xarajatlarining byudjet daromadlaridan ortiq boʻlgan summasi („Byudjet tizimi toʻgʻrisida“ gi OʻzR Qonunining 3-m.si). Kamomad rejali ravishda belgilanishi ham mumkin. Koʻpincha Budjet taqchilligi rejalashtirilgan byudjet bn ijro etilgan byudjetning nomutanosibligi natijasida sodir boʻladi va xarajatlarning daromadlardan yuqori boʻlganligini koʻrsatadi. Agar yil mobaynida davlat daromadlari ancha qisqargan va Davlat byudjetining oldindan belgilangan taqchilligi qonun hujjatlarida belgilangan chegara miqdoridan oshadigan boʻlsa , OʻzR VM Davlat byudjetining xarajatlarini alohida modda boʻyicha qisqartirish toʻgʻrisida qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda OʻzR Oliy Majlisiga taklif kiritadi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi