Kontent qismiga oʻtish

Bufer tizim (qon)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Qonni kuchsiz ishqoriy muhitga ega boʻlishini taʼminlab turuvchi tizim uning bufer tizimi deyiladi. (arterial qonda pH=7.4 hamda venoz qonda CO2 koʻp boʻlganligi sababli pH=7.35). pH ning shu oraliqdan siljishi organizmda salbiy oqibatlarni keltirib chiqarsa, koʻrsatkichning keskin siljishi oʻlimga olib keladi. Masalan H ionlari konsentratsiyasi oshib pH=7.7 ga tenglashsa tetaniya holati kuzatiladi. Sogʻlom odamlarda normal pH 7.38-7.42 oraligʻida boʻlib, uning 0,1-0,2 birlikka uzoq vaqt siljishi halokatli yakunlanishi mumkin. (pH chegarasining 0,1ga siljishi funksiyalarning buzilishiga 0,3ga siljishi komatoz holatga 0,4 ga siljish esa oʻlimga olib keladi). Metabolizm natijasida koʻproq kislatali mahsulotlar hosil boʻlishini inobatga oladigan boʻlsak, muhit koʻproq kislatali sharoitga siljuvchan boʻladi. Muhitning ishqoriy tomonga siljishi alkaloz, kislatali tomonga siljishi atsidoz deb nomlanadi va bu qon tomirlardagi xemoretseptorlar tomonidan seziladi. Keyinchalik axborot markaz orqali muhitni taʼminlovchi oʻpka, buyrak, ter bezlari va hazm yoʻllari bilan birgalikda qon bufer tizimiga ham yuboriladi, natijada muhit doimiyligi taʼminlanadi.[1]

Qonning bufer tizimini quyidagilar hosil qiladi:                                                            

  • Gemoglobin bufer tizimi                                                                                                                                              
  • Karbonat bufer tizimi                                                                                                                                                    
  • Fosfat bufer tizimi                                                                                                                                                                              
  • Plazma oqsillari bufer tizimi

Gemoglobin bufer tizimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Gemoglobin bufer tizimi qonning barcha buferlikning 75% qismini tashkil qilib, qayta tiklangan gemoglobin HHb va uning K li tuzi KHb dan iborat. Toʻqimalarda CO2 va H+ ionlarini oʻziga biriktirib ishqor vazifasini bajaradi va qonning nordonlashib ketishiga yoʻl qoʻymaydi. Oʻpkalarda gemoglobin kislatalik xossasini namoyon etib, qondan CO2 ajralib chiqarilgandan soʻng qon faol reaksiyasining ishqoriy tomonga siljishini oldini oladi.[1][2]

Karbonat bufer tizimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Karbonat bufer tizimi H2CO3 va uning tuzlari NaHCO3, KHCO3 dan iborat. Karbonat bufer tizimi quvvati boʻyicha ikkinchi oʻrinni egallaydi va quyidagicha faoliyat koʻrsatadi: NaHCO3 dissotsialanib Na+ va HCO3 ionlariga ajraladi.[3] Qonga kuchliroq kislata oʻtganda, Na ionlari unga oʻtib kislatadan H+ ionlarini ajralishini hamda H+ ning HCO3 bilan birikishini taʼminlaydi. Natijada kuchsiz dissotsialanuvchi H2CO3 ni hosil boʻladi. Shunday qilib qonda H+ ionlari konsentratsiyasi oshib ketishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Qonga ishqorlar koʻproq oʻtganda H2CO3 ular bilan NaHCO3 va suv hosil qiladi.[3]                                                                  

Fosfat bufer tizimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Fosfat bufer tizimidagi dissotsiyalanishi qiyin boʻlgan bir asosli Na2HPO4 ishqoriy xossalarga ega boʻlib, qonga kuchliroq kislata oʻtganda, Na2HPO4 kislata bilan reaksiyaga kirishib neytral tuz hosil qiladi. Ikki asosli NaH2PO4 esa kuchsiz kislotali xossaga ega va qonga tushgan ishqorlar bilan reaksiyaga kirishadi.[3]

Plazma oqsillari bufer tizimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Plazma oqsillari amfoterlik xususiyatga ega boʻlganligi sababli buferlik rolini bajaradi. Ular ishqoriy muhitda kislatalik, kislatali muhitda ishqoriy belgilarni namoyon qiladi.[3]

  1. 1,0 1,1 Artur Guyton, John Hall: Textbook of medical physiology; 14th edition, 2020.
  2. Linda Costanzo: Medical physiology; 6th edition, 2018.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 Indu Khurana, Arushi Khurana: Textbook of medical physiology; 2nd edition, 2009.