Kontent qismiga oʻtish

Bugi tili

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Bugi tili
Milliy nomi Basa Ugi / ᨅᨔ ᨕᨘᨁᨗ
Mamlakatlar Indoneziya
Soʻzlashuvchilarning umumiy soni (Soʻzlashuvchilarning umumiy soni)
Holati 5 mln
Turkumlanishi
Turkum Avstronez
Alifbosi lontara va lotin
Til kodlari
ISO 639-2 bug
ISO 639-3 bug

Bugi tilibugilar tili. Sulavesi orolning jan.gʻarbida, bundan tashqari Indoneziyaning asosan bugilar istiqomat qiladigan boshqa hududlarida tarqalgan. Bugi tili da soʻzlovchilar umumiy soni taxminan 5 mln.ga yaqin. Bugi tili makkasara tili va Sulavesi orol markaziy qismidagi dialektlar bilan indonez tillari guruhiga kiradi. 17-asrgacha boʻlgan Bugi tili dagi yozuv yodgorliklari maʼlum emas. Hozirgi yozuvi lotin alifbosida.

Bugi tili dagi adabiyot 17—19-asrlarda Indoneziyadagi eng boy adabiyot hisoblanadi. Shu davrlarda bu tilda koʻpgina doston (mas, "La Taligo" va boshqalar), tarixiy hikoyalar va poemalar, knyazliklar tarixi, huquqiy, liniy asarlar yuzaga kelgan. Xalq ogʻzaki ijodi ham rangbarang. Bugi tili kam oʻrganilgan. Asosiy tadqiqot ishlari 19-asr 60—80- yillarida olib borilgan, asosan, gollandiyalik muhojir B. F. Mattesu tomonidan oʻrganilgan.[1]

  1. "Bugi tili" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil