Bugulma
Qiyofa
Bugulma — Rossiya Federatsiyasi Tatariston Respublikasidagi shahar (1781-yildan). Bugulma daryosi Zay daryosiga quyilish yerida. Bugulma stansiyasi. Aholisi 91,1 ming kishi (1999). Neft qazib chiqariladi. Mashinasozlik ("Nefteavtomatika" zavodi, "Bugulmaneftemash" ishlab chiqarish birlashmasi va boshqalar), metallsozlik, oziq-ovqat sanoati korxonalari (goʻsht, sut, un kombinatlari, pivo va likyoraraq zavodlari), chinni zavodi mavjud. Teatr, oʻlkashunoslik va boshqa muzeylar bor. B.ga 1736-yil asos solingan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |