Kontent qismiga oʻtish

Buj

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Buj (frans. boudie—zond) — jarrohlik asbobi; odam organizmidagi chandiqlanib torayib qolgan naysimon aʼzolar (qiziloʻngach, siydik yoʻli va boshqalar)ni kengaytirish va tekshirish uchun ishlatiladi. Buj yoʻgʻon va ingichka boʻlib, metall, kauchuk, plastmassadan yasaladi. Elastik hamda yumshoq boʻladi. Har bir bemor uchun maxsus yoʻgʻonlikdagi buj tanlab olinadi. Quloq, hiqildoq, kekirdak, shuningdek qiziloʻngach va qon tomirlari bujii ham bor. Buj ishlatishdan oldin sterillanadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil