Buket sireni
Qiyofa
„Buket sireni“ | ||||
---|---|---|---|---|
„Ivanushki International“ qoʻshigʻi | ||||
„Oleg, Andrey, Kirill“ albomidan | ||||
Chiqarilgan sanasi | 2002 | |||
Janr | pop | |||
Davomiyligi | 4:17 | |||
Matn muallif(lar)i | Aleksandr Shaganov | |||
Bastakor(lar) | Igor Matviyenko | |||
„Oleg, Andrey, Kirill“ xronologiyasi | ||||
| ||||
Klipi | ||||
„Buket sireni“ YouTubeda |
„Buket sireni“ (ruscha: Букет сирени, yaʼni „Bir dasta nastarin“) — „Ivanushki International“ rus guruhi ijro etgan qoʻshiq. Guruhning 2002-yil eʼlon qilingan „Oleg, Andrey, Kirill“ nomli studiyaviy albomi 2003-yil qayta chiqarilganda bonus trek oʻlaroq kiritilgan[1]. Qoʻshiq guruhning „10 let vo Vselennoy“[2] (2005) hamda „Luchsheye v nashey jizni“ (2015) terma albomlariga ham kiritilgan. Qoʻshiq soʻzini shoir Aleksandr Shaganov yozgan, kuyini esa guruh prodyuseri Igor Matviyenko bastalagan. Qoʻshiq uchun rejissyor Dmitriy Zaxarov klip suratga olgan. Klip versiya studiyaviy versiyadan qisqaroqdir.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Олег, Андрей, Кирилл“. Spotify. Qaraldi: 4-dekabr 2022-yil.
- ↑ „ИВАНУШКИ INTERNATIONAL“ (ruscha). Ретро FM. Qaraldi: 4-dekabr 2022-yil.