Kontent qismiga oʻtish

Bulgʻor

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

BulgʻorVolga-Kama Bulgʻoriyasi poytaxti. Harobalari Tatariston Respublikasining Bulgʻor (Bulgʻorlar) qishlogʻi yaqinida saqlanib qolgan. Bulgʻorda arxeologik qazish ishlari 1870-yilda boshlangan. 1950—57 yillarda esa A. P. Smirnov rahbarligidagi arxeologik ekspeditsiya u yerda keng koʻlamda qazish ishlari olib borgan. Bulgʻor oʻrnidagi eig ilk manzilgoh milodiy 1-ming yillikning 2-yarmiga oid. Sharq yozma manbalari (Ibn Fadlon, Ibn Havqal, Abulhamid Andalusii, Abu Abdulloh Gʻarnotiy va boshqa asarlari)da Bulgʻor 10-asrdan tilga olingan boʻlib, uning vujudga kelishi aia shu vaqtga toʻgʻri keladi. 13-asrning 2-yarmida Bulgʻor Oltin Oʻrdattx eng muhim savdo-sotiq va hunarmandchilik markaziga aylangan. Arxeologik qazishlar vaqtida Bulgʻor harobasining 13—14-asrlarga doir qatlamlaridan koʻplab mehnat qurollari, uyroʻzgʻor buyumlari. taqinchoqlar, tangalar, turar joy va hammomlar harobalari, xumdonlar, choʻyan eritish koʻralari, sizot suv quvurlari hamda Oʻrta Osiyo, Qrim, Zakavkazye, Rus va Xitoydan keltirilgan buyumlar topilgan. Bulgʻordagi binolarning koʻpchiligi Oʻrta Osiyodan keltirilgan naqshinkor sirlangan sopol plitkalar bilan bezatilganligi aniklangan. 14-asrga oid minora, bulgʻor xonlari maqbaralari, Cherkov, masjid va bulgʻor xonlarining yozgi qarorgohi harobalari hozirgacha saqlanib qolgan. Bulgʻor yaqinida bozor (Ogʻabozor) boʻlgan. Bulgʻor 1361-yil Oltin Oʻrda xoni Buloq Temur tomonidan vayron qilingan, 15-asrga kelib esa unda hayot butunlay toʻxtagan.[1]

  1. "Bulgʻor" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil