Bureya tizmasi
Qiyofa
Bureya tizmasi — Uzoq Sharqning janubida, Rossiya Federatsiyasi Xabarovsk oʻlkasidagi togʻ tizmasi. Urmi, Amgun va Bureya daryolarining suvayirgʻichi. Granit, gneys, slanes, shuningdek choʻkindi va effuziv jinslardan tarkib topgan. Kryaj va oʻrtacha balandlikdagi togʻlardan iborat. Bureya daryosining bosh qismidan Tirma daryosining yuqori oqimiga qarab meridional yoʻnalishda choʻzilgan. Uz. kariyb 400 km. Bal. jan.da 1000– 1100 m dan shim.da 1600–2071 m gacha. Yon bagʻrining pastki qismi igna bargli va keng bargli oʻrmon bilan, togʻ etagi va yon bagʻirlari dubzorlar bilan qoplangan.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |