Kontent qismiga oʻtish

Burgʻilash bolgʻasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Burgʻilash bolgʻasi - shpurlar (baʼzan, quduqlar) burgʻilashda va sunʼiy qoplamalar (asfalt, beton)ni buzishda ishlatiladigan zarbiy (pnevmatik) mashina. Baʼzan dvigateli benzin bilan ishlaydigan motoperforatorlar ishlatiladi. Dastaki (massasi 10— 30 kg), kolonkali (massasi 50—70 kg, burgʻilash karetkasi yoki avtouzatkichli kolonkalarga oʻrnatiladi); teleskopli (massasi 30—50 kg li, yuqoriga yoʻnalgan shpurlarni burgʻilaydi) xillari bor. Titrash va shovkinning zararli taʼsirini kamaytirish uchun ularni soʻndiruvchi moslamalardan foydalaniladi.[1]

  1. "Burgʻilash bolgʻasi" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil