Burg‘uloq madaniyati

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

BURG‘ULUQ MADANIYATI – Toshkent vohasidagi ilk dehqonchilik manzilgohi (mil. avv. IX-IV asrlar). Bu madaniyatga tegishli yodgorlik dastlab Toshkent dengizi atrofidagi Burg‘uluqsoy bo‘ylab topilgani uchun Toshkent vohasidagi qadimgi dehqonchilik madaniyatiga shu nom berilgan. Manzilgohda ilk bor 1940-yilda A. I. Terenojkin qazish ishlarini olib borgan. Burg‘uluq madaniyati ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi natijasida vohaning qadimgi shaharlari tashkil topgan. Burg‘uluq manzilgohi Chust yodgorligiga yaqin. Bu yer aholisi yerto‘lalarda yashaganlar. Ularning mehnat qurol- yarog‘lari jez va toshdan yasalgan. Burg‘uluq madaniyati yodgorliklari Farg‘ona vodiysidagi Chust madaniyati, Surxondaryodagi Kuchuktepa, Mirshodi, Bandixon, Jarqo‘ton, Janubiy Turkmanistondagi Yoztepa va Shimoliy Afg‘onistondagi Tillatepa yodgorliklariga ko‘p jihatdan o‘xshashdir. A.A.Asqarov va M. Filanovich Sosh moddiy madaniyat tarixini Shoshtepa materiallari asosida 2 bosqich – Burg‘uluq madaniyatining tugallanish bosqichi (mil. avv. VI-IV asrlar) va Burg‘uluq madaniyatining Qovunchi madaniyatiga o‘tish bosqichi (mil. avv. III-II asrlar)ga ajratadi.

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

1. Bekmuhammadov H.Y. Tarix terminlarining izohli lug‘ati. Toshkent, O‘qituvchi, 1986.

2. Boboyeva M. Q., Qurbongaliyeva R.S. Qadimgi dunyo tarixidan izohli lug‘at. Toshkent, O‘qituvchi, 1992.

3. Qadimgi dunyo tarixi: (maktab, akademik litsey, kasb-hunar kolleji o‘quvchilari, abiturientlar va tarix fani o‘qituvchilari uchun qo‘shimcha qo‘llanma).Tuzuvchi-mualliflar: F.Sultonov va boshq.; O‘zR xalq ta’limi vazirligi, Respublika Ta’lim markazi, O‘zR FA Tarix instituti. –T.; O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi “Fan” nashriyoti, 2007.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

1. Ergashev Sh. Qadimgi sivilizatsiyalar. – Toshkent: “O‘zbekiston” NMIU, 2016.

2. Boynazarov F.A. Qadimgi dunyo tarixi. –T.: A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, 2004.

3. Kabirov A. Qadimgi Sharq tarixi. – Toshkent: “Tafakkur”, 2016.