Burgansoy rasmlari
Burgansoy rasmlari — Nurota togʻ tizmasining jan. yon bagʻridagi Tasmachisoyning chap irmogʻi qoyatoshlariga ishlangan tasvirlar. Navoiy viloyati Xatirchi tumani hududida. 1980- yillarda arxeolog M. Xoʻjanazarov tomonidan topilgan, oʻrganilmoqda. Tadqiqotchilarning fikricha, Burgansoy rasmlari ning eng kad.lari miloddan avvalgi 2-ming yillikka mansub, miloddan avvalgi 6—1-asrlarga oidlari ham uchraydi. Rasmlar qattiq buyumlar bilan uriboʻyib, asosan soya, shakl koʻrinishi va oddiy chiziqlar usulida ishlangan; ularda odamlar, buqa, ot, tuya, toʻngʻiz, qoplon, boʻri va boshqa hayvonlar tasvirlangan (ayniqsa, sherlar tasviri diqqatni oʻziga tortadi); ovchilik, chorvachilik, qad. ajdodlarning turmushi bilan bogʻliq ayrim lavhalar mohirona ifodalangan. Burgansoy rasmlari shu yerdagi xalqning qad. madaniyati, tarixini oʻrganishda qimmatli manba hisoblanadi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |