Kontent qismiga oʻtish

Burhon Mashrabiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Burhon Mashrabiy
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1900-yil
Vafoti 1949-yil
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Millati oʻzbek
Kasbi
  • pedagog

Burhon Mashrabiy (1900-yil)da tugʻilgan – sovet va oʻzbek pedagogi.

Hayoti va mehnat faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Burhon Mashrabiy Andijon shahrida tijoratchi oilasida dunyoga kelgan. Dastlab yangi usuldagi maktabda hamda madrasada taʼlim olgan. 1919-yilda „Dorul harb“ kursida qisqa muddat tahsil oladi.

1919—1920-yillarda Andijon teatrida aktyor boʻlib faoliyat yuritadi. 1920—1923-yillarda maktab va bilim yurtlarida dars beradi. 1923-yilda Mahkam qoʻrboshi toʻdasi ishtirokchisi va aksilinqilobiy tashkilot aʼzosi sifatida qisqa muddatga ozodlikdan mahrum etiladi. Hibsga olingan vaqtda Burhon oʻqituvchi boʻlib ishlar edi. 1927-yilda boʻlib oʻtgan Andijon Ziyolilarining ikkinchi qurultoyida kechirim soʻragan va „Milliy ittihod“ tashkiloti aʼzolarini, shu jumladan Munavvar qori Abdurashidovni tanqid qilgan[1].

1927—1930-yillarda Andijon xalq maorif boʻlimida mudir boʻlib ishlagan. 1930-yilda OGPU hukmi bilan yetti yilga qamalgan. 1936-yilda surgundan qaytgan. 1937-yil 23-sentabrda qayta hibsga olinib, 23-dekabrda otishda hukm qilingan. Ammo hukm 10 yil muddat bilan almashtirilib, Burhon Mashrabiy Arxangelsk mehnat tuzatish lagerida muddatni oʻtagan[2].

1949-yilda surgundan qaytib kelgan va „Margʻilon haqiqati“ gazetasida xoʻjalik mudiri sifatida faoliyat olib borgan. 1949-yilda yana hibsga olinib Krasnayarsk oʻlkasida mehnat tuzatish lageriga joʻnatilgan. Aksiliniqlobiy yigʻinlarda ishtirok etganlikda hamda boʻhton tarqatganlikda ayblanib otuvga hukm qilingan.

Dramaturgiya[tahrir | manbasini tahrirlash]

Burhon Mashrabiy dramaturgiya sohasida ham ijod qilib ulgurgan va „Qumrining murodi“ dramasini muallifiga aylangan. Oʻz davrida yangi yaratilgan musiqali dramalar orasida ushbu drama ham Fargʻona viloyat musiqali davlat teatriga katta muvaffaqiyat keltiradi[3].

Oʻlimi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vafoti sanasi nomaʼlum.

Manba[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Ahmad, Sirojiddin. Qizil mustamlaka: e'lon qilinmagan urush Katta qirg'in qomusi (1929-1950). Toshkent: Info Captal Books, 2022-yil — 635 bet. ISBN 978-9943-5789-3-7. 
  2. „Burhon Mashrabiy“. oyina.uz. Qaraldi: 23-may 2024-yil.
  3. „Farg'ona viloyat musiqali davlat teatrida aktyorlik izlanishlari“. cyberleninka.ru. Qaraldi: 23-may 2024-yil.