Kontent qismiga oʻtish

Burhonlar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Burhonlar — sadri jahon unvoni bilan mashhur boʻlgan Buxorodagi badavlat xonadon (12-asr). B. shaharning hanafiya mazhabidagi musulmonlar jamoasi boshligʻi (raisi) boʻlishi bilan birga shahar maʼmuriyati ham ularning qoʻlida boʻlgan. Shuning uchun Buxoroni bosib olgan ajnabiy hukmdorlar ham B. ga va ularning molmulkiga daxl qilmaganlar. B.da raislik mansabi otadan oʻgʻilga meros boʻlib oʻtgan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil