Burmalangan oblast
Burmalangan oblast — geosinklinal mintaqa rivojlanishining yagonaligi va bir vaqtda burma hosil boʻlishi bilan ajralib turadigan bir qismi. Yer poʻsti harakatdagi zonalari — geosinklinal mintaqalari rivojlanishidagi qonuniy bosqich. Tektonik jarayonlarning rivojlanishi intensivligi bir xil emasligi sababli Burmalangan oblast baʼzi bir davrlar — burmalanish davrlari bilan bogʻliq. Masalan, paleozoy davrining boshidan boshlab kaledon Burmalangan oblast (asosiy burma hosil boʻlishi ordovik, silur va devon davri birinchi yarmida boʻlgan), gersin Burmalangan oblast (paleozoy oxirida), mezozoy yoki kimmeriy Burmalangan oblast (yura va boʻr davri boshlanishida) farq qilinadi. Tokembriyda ham bir kancha Burmalangan oblast hosil boʻlgan. Burmalangan oblast da burmalardan tashqari tektonik qoplamlar bor, togʻ jinslari regional metamorfizmga uchragan, kuchli magmatik jarayonlar sodir boʻlgan. Burmalangan oblast ning maʼlum bir kismi platformalarning choʻkindi qoplami burmalanishidan yoki geosinklinal oblastning chekkalarida, shuningdek platforma ichkarisidagi burmalangan zonalar — avlakogenlarda (Donbass) tarkib topali. Oʻzbekistonda tokembriy, kaledon, gersin va kimmeriy Burmalangan oblast mavjud.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |