Yuriy Buryakov
Yuriy Buryakov | |
---|---|
Tavalludi |
15-mart 1934 Qirg'iziston, Uchqo'rg'on |
Vafoti | 27-iyun 2015 Toshkent |
Fuqaroligi | SSSR va Oʻzbekiston |
Sohasi | Arxeologiya, tarix |
Ilmiy darajasi | Fan doktori |
Ilmiy unvoni | Professor, akademik |
Mukofotlari | Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofoti |
Yuriy Fyodorovich Buryakov (15-mart 1934, Oʻsh viloyati — 26-iyun 2015, Toshkent) — arxeolog tarixchi olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1996), tarix fanlari doktori (1984)[1].
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yuriyning bobosi XIX asr oxirida Poltavadan O'rta Osiyoga ko'chib kelgan dehqonlardan biridir. Oila boshlig'i yo'lda vafot etdi. Boquvchisiz qolgan oila Toshkentga joylashdi. Kundalik non topish uchun Yuriyning otasini hali bolaligidanoq temir yo‘l ustaxonalatida ishlashga majbur bo‘ldi. O'qish imkoniyati bo'lmagan o'smir, keyinchalik mexaniklikni o‘rgandi va haydovchi yordamchisi bo'lib ishladi. Fuqarolar urushi boshlanganda, urushda qatnashdi va yarador bo'ldi (yarasi tufayli keyinchalik Ikkinchi Jahon urushi paytida frontga olib ketilmagan). Maxsus o‘quv kursini tugatgan Fyodor Buryakov moliya sohasida ishga qabul qilindi.
Yuriy Buryakovning ona tomondan oilasi ham dehqon. Bikovlar oiladi Sibirdan koʻchib kelib, Toshkentga ham joylashdilar. Natalya Stepanovna o'zining opa-singillaridan o'ziga xos mehribonligi bilan ajralib turardi.
Markaziy Osiyoning moliyaviy tizimi yagona bo'lganligi sababli, ishchilar doimiy ravishda bir joydan ikkinchi joyga ko'chirilar edi. Buryakovlar oilasi ko‘plab joylarda yashagan. Shunday qilib, Yuriyning katta singlisi Mayya Ko'lobda (Tojikiston), Yuriy Uchqo'rg'onda (Qirg'iziston), ukasi Evgeniy Qorasuvda (Qozog'iston) tug'ilgan. Keyin otalari tajribali ishchi sifatida Toshkentga Respublika bankiga o‘tkazildi. 1951-yilda Yuriy maktabni tugatdi. Maktabni endi bitirgan Buryakov Aleksandr Natanovich Bernshtam boshchiligidagi ilmiy ekspeditsiyaning Chuy kanali orqali o'tishini kuzatdi. O'sha yilning yozida O'rta Osiyo Davlat universitetining tarix fakultetiga o'qishga kirdi. Oʻsha paytda fakultetda Mixail Masson, Galina Pugachenkova, Elena Davidovich kabi o‘qituvchilar saboq bergan.
Garchi mutaxassislik uchinchi kursda boshlangan bo'lsa-da, xohlagan odam arxeologiya bo'yicha ma'ruzalarga qatnashishi mumkin edi, Buryakov darslarning birinchi kunlaridanoq bu imkoniyatdan foydalandi.
1956-yilda Oʻrta Osiyo universitetini tugatgan. Oʻzbekiston xalelari tarixi muzeyida kichik (1956—59), katta (1959—64) ilmiy xodim, direktor oʻrinbosari (1964—66), Oʻzbekiston Madaniyat vazirligida inspektor (1966—67), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Tarix va arxeologiya instituti (hozirgi Arxeologiya instituti)da katta ilmiy xodim (196770), ilmiy kotib (197073), bulim mudiri (197379). 1979 yildan shu institut direktori oʻrinbosari. Buryakov 1978 yildan Shosh Iloq arxeologiya ekspeditsiyasiga rahbarlik qildi. Ilmiy faoliyati Toshkent vohasi hunarmandchiligi, shaharsozligi va madaniyatitarixini oʻrganishga bagʻishlangan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1985)[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Gornoye delo i metallurgiya srednevekovogo Ilaka, M., 1974; Istoricheskaya topografiya drevnix gorodov Tashkentskogo oazisa, T., 1975; Toshkent vohasining qadimiy karvon yoʻllari, T., 1978; Genezis i etapi razvitiya gorodskoy kulturi Tashkentskogo oazisa, T., 1982.
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
- Olimlar haqidagi chala maqolalar
- Arxeologiya
- 1934-yilda tugʻilganlar
- 2015-yilda vafot etganlar
- 15-martda tugʻilganlar
- 27-iyunda vafot etganlar
- Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademiklari
- Beruniy nomidagi davlat mukofoti laureatlari
- Oʻzbekiston Milliy universiteti bitiruvchilari
- Toshkentlik kishilar
- Toshkentda vafot etganlar
- Oʻzbekiston arxeologlari