Kontent qismiga oʻtish

Bustiy

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Bustiy (taxallusi; asl ismi Abul Fath ibn Muhammad alKotib alBustiy) (971, Bust — 1009, Buxoro) — shoir. Arab va fors tillarida ijod qilgan. Bust hokimi al-Bayturning kotibi boʻlgan. Lirik sheʼrlarida dunyoviy sevgi, hayot quvonchlari va tabiat tarannum etilgan. Koʻplab hikmatli soʻzlar yaratgan. Ularda kishilarni rostgoʻy, halol, mehnatsevar, ilmli boʻlishga undagan. Bizgacha yetib kelgan "Nuniya" (asarning har bir bayti "nun" harfi bilan tugagan) yoki "Qasida al-Bustiya" asari odob-axloq mavzuida. Bustiyning bu asariga Zunnun ibn Ahmad as-Saraxsiy va Abdulloh Nukrakar sharh yozgan, uni Badriddin Jojarmiy forsiyga oʻgirgan, 1899-yilda Bayrutda nashr etilgan.

Bustiy ijodida tibbiyot, falakiyot, falsafa, fiqh va boshqa mavzular muhim oʻrin tutgan. Uning ayrim asarlaridan parchalar al-Utbiy ("Kitob alyaminiy"), Ibn Xallikon ("Vafoiyat"), Yoqut ("Moʻʼjam aludabo"), Beruniy ("Hindiston", "Saydana") va boshqalarning asarlarida uchraydi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Abdullayev I., Beruniyga zamondosh shoirlar, T.,1975.