Butanlar
Qiyofa
Butanlar — toʻyingan uglevodorodlar, umumiy formulasi C4H10. Mol. m. 58,123, rangsiz va hidsiz gaz. Ikki izomeri maʼlum: normal butan CH3— CH2CH2CH3 va izobutan —CH—CH3. Suvda erimaydi, organik erituvchilarda yaxshi eriydi. B. toʻyingan alifatik uglevodorodlardir. Ular neftni qayta ishlash vaqtida chiqadigan gazlar tarkibida uchraydi. Normal butanni katalizator ishtirokida izomerlab izobutan, degidrogenlab divinil (kauchuk monomeri) va boshqa toʻyinmagan uglevodorodlar olish mumkin. Izobutanni alkillab, neogeksan va izooktan olinadi. B. motor yonilgʻilarining yuqori oktanli komponenti, buten, sirka kislota, malein angidrid olishda xom ashyo, uning propan va boshqa uglevodorodlar bilan aralashmasi gaz yonilgi sifatida ishlatiladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |