Kontent qismiga oʻtish

Butunjahon gumanitar yordam kuni

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Butunjahon gumanitar yordam kuni ( BMTning rasmiy tillari: ingliz:World Humanitarian Day, arabcha:  اليوم العالمي للعمل الإنساني,, ispancha Dia Mundial de la Asistencia Humanitaria, xitoycha: 世界人道主义日, fransuz: la Journee mondiale de l’aide humanitaire )  BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 2008-yil 11-dekabrda qabul qilingan (A/RES/63/139 rezolyutsiyasi) bo‘lib, har yili 19-avgust kuni nishonlanadi. 2003-yili aynan ushbu sanada Bag‘doddagi BMT shtab-kvartirasida sodir bo‘lgan portlashda 22 kishi, jumladan, BMTning taniqli arbobi Serjiu Vieyra di Mellu halok bo‘lgan.

Bosh Assambleya rezolyutsiyasida qayd etilganidek, Butunjahon gumanitar yordam kuni targ‘ib qilishdan iborat.

,, butun dunyo bo'ylab insonparvarlik yordami faoliyati va bu borada xalqaro hamkorlikning ahamiyati haqida jamoatchilik xabardorligini oshirish va barcha insonparvarlik xodimlariga, shu jumladan, insonparvarlik g‘oyalarini ro‘yobga chiqarishga hissa qo‘shganlar, xizmat burchini ado etishda jon fido qilganlar hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning tegishli xodimlariga hurmat ko‘rsatish...

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Butunjahon gumanitar yordam kunining e’lon qilinishi munosabati bilan so‘zlagan nutqida shunday fikrni bildirgan ,,ushbu tashkilot – ko‘makka muhtoj insonlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning munosib yordam olishlarini ta’minlashni o‘z oldiga maqsan qilgan.”

2009-yilda nishonlangan birinchi Butunjahon gumanitar yordam kuni boshqa insonlarni qutqarish chog‘ida halok bo‘lganlar xotirasiga bag‘ishlangan.

Yillik mavzular (shiorlar)

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • 2009-yil – Jahon insonparvarlik kunini birinchi marta nishonlash;
  • 2010-yil – Ikkinchi bayram;
  • 2011-yil – ,,Bir-biringizga yordam bering”;
  • 2012-yil – ,,Men shu yerdaman”;
  • 2013-yil – ,,Dunyoga ko‘proq kerak ...”;
  • 2014-yil – ,,Dunyoga ko‘proq kerak ...”;
  • 2015-yil – ,,Global insoniyatni ilhomlantish”;
  • 2016-yil – ,,Umumbashariyat”;
  • 2017-yil – ,,Tinch aholi nishon emas”;
  • 2018-yil – ,,Tinch aholi #NotAMilitaryTarget”;
  • 2019-yil – ,,Ayollarga insonparvarlik yordami”  #gumanitar xodimlar”;
  • 2020-yil – ,,Haqiqiy hayot qahramonlari”;
  • 2021-yil – Insoniyat uchun poyga;