Kontent qismiga oʻtish

Butunjahon oziq-ovqat kuni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Butunjahon oziq-ovqat kuni
Butunjahon oziq-ovqat kuni
Rasmiy nomi World Food Day
Turi BMT Xalqaro kuni
Sana 16-oktabr

Butunjahon oziq-ovqat kuni ( boshqa rasmiy BMT tillarida: angl. World Food Day, arab. يوم الأغذية العالمي,  ‎isp. Día Mundial de la Alimentación, xit. 世界粮食日, fr. la Journée mondiale de l'alimentation ) — Xalqaro Birlashgan Millatlar Tashkilotining oziq-ovqat kuni, har yili 16-oktabrda nishonlanadi.

1979-yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) konferensiyasida Unutilmas sanasi e’lon qilinadi. Unutilmas sanadan ko‘zlangan maqsad – aholining jahon oziq-ovqat muammosi haqida xabardorligini oshirish, ochlik, to‘yib ovqatlanmaslik va qashshoqlikka qarshi kurashda birdamlikni mustahkamlashdan iborat. Ayni 1945-yilda FAO ning tashkil topgan sanasi hisoblanadi.

1980-yilda BMT Bosh Assambleyasi maxsus qarori bilan (№ A / RES / 35/70) har yili oziq-ovqat kunini nishonlash ma’qullandi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining 2005-yilgi Butunjahon oziq-ovqat kuni munosabati bilan yetkazgan xabariga ko‘ra, xususan, oziq-ovqat yetarli bo‘lishiga qaramay, dunyoda 850 000 000 ortiq aholi soni to‘yib ovqatlanmaslikdan aziyat chekayotgani ta’kidlab o‘tilgan. Mana shu ming yillik deklarasiyasining birinchi maqsadi – ochlik va qashshoqlikdan azob chekayotgan aholi ulushini ikki baravar qisqartirish bilan sa’y-harakatlarni ikki baravar oshirishga undaydi.