Butunjahon radio kuni
Butunjahon radio kuni | |
---|---|
Rasmiy nomi | World Radio Day |
Boshqa nomlari | WRD |
Turi | Xalqaro |
Sana | 13-fevral |
Nishonlanishi | BMT a'zo davlatlari |
Butunjahon radio kuni ( YUNESKOning boshqa rasmiy tillarida :inglizcha: World Radio Day, arabcha: اليوم العالمي للإذاعة ispancha: Día Mundial de la Radio, xitoycha: 世界广播日, fransuzcha: Le jour mondial de la radio) — YUNESKO Bosh anjumanida 13-fevralda e’lon qilingan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu Butunjahon radio kuni muassasasini bunyod etish g‘oyasi Ispaniya radio akademiyasi prezidenti Xorxe Alvaresdan chiqqan. 2008-yil yanvarda u YUNESKO Bosh direktori Koitiro Masuuradan qo‘llab-quvvatlashini so‘radi.
2011-yil 19-oktabrda YUNESKO Bosh anjumani 36 C/63 rezolyusiyasida[1] 13-fevralni Jahon radio kuni deb e’lon qiladi. 1946-yilning ayni shu sanasida Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan BMT radiosiga asos solinadi. Dastlab, bu taklif Ispaniyaning YUNESKOdagi doimiy delegasiyasidan kelib tushadi[2][3] .
Shunga ko‘ra, 2012-yildan buyon Ispaniya radio akademiyasi ushbu kunni har yili nishonlashni yo‘lga qo‘yish va shu tariqa ushbu aloqa vositasining nufuzini oshirish maqsadida Butunjahon radio kuni Xalqaro qo‘mitani yaratishga ko‘maklashdi[4] .
2013-yil 14-yanvarda BMT Bosh Assambleyasi Butunjahon radio kuni deb e’lon qilinishini rasman qabul qiladi. Birlashgan millatlar tashkiloti Bosh Assambleyalarining 67-sessiyasida YUNESKO Bosh anjumanining 36-sessiyasi to‘g‘risidagi rezolyusiya qabul qilinadi, unda 13-fevral Butunjahon radio kuni deb e’lon qilinadi. Ayni bu tashabbus ham Ispaniya Qirolligidan chiqadi va Ispaniyaning BMTdagi doimiy vakolatxonasi tomonidan ma’qullanadi[5] .
Butunjahon radio kuni mavzulari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Mavzu |
---|---|
2021 yil | Yangi olam, yangi radio |
2020 | Turfa xillik |
2019 | Muloqot, bag'rikenglik va tinchlik |
2018 | Radio va sport |
2017 yil | Radio bu — siz |
2016 yil | Qiyinchilik davrida radio va favqulodda vaziyatlar [6] |
2015 yil | Yoshlar va radio [7] |
2014 yil | Radioda jins tengligi [8] |
2013 yil | Butunjahon radio kuni 2013 [9] |
2012 yil | Butunjahon radio kuni 2012 [10] |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Резолюция 36 C/63“. 2021-yil 21-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 21-noyabr.
- ↑ „Día Mundial de la Radio“. 2021-yil 21-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 21-noyabr.
- ↑ „Всемирный день радио | Организация Объединённых Наций“. 2020-yil 11-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 21-noyabr.
- ↑ „world radio day history“. 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 5-iyul.
- ↑ „ООН официально утвердила Всемирный день радио | Организация Объединённых Наций по вопросам образования, науки и культуры“. 2016-yil 26-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 5-iyul.
- ↑ О Всемирном дне радио | World Radio Day 2016
- ↑ Всемирный день радио 2015
- ↑ „Всемирный день радио 2014 | Организация Объединённых Наций по вопросам образования, науки и культуры“. 2022-yil 24-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 5-iyul.
- ↑ „Всемирный день радио 2013 | Организация Объединённых Наций по вопросам образования, науки и культуры“. 2022-yil 13-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 5-iyul.
- ↑ „World Radio Day 2012 | United Nations Educational, Scientific and Cultural Organization“. 2021-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 5-iyul.