Kontent qismiga oʻtish

Butunjahon savdo tashkiloti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Butunjahon savdo tashkiloti — xalqaro savdoni tartibga soluvchi xalqaro tashkilot boʻlib, Savdo va Tariflar boʻyicha Bosh Kelishuvning huquqiy vorisi hisoblanadi. Mazkur tashkilot Savdo va Tariflar boʻyicha Bosh Kelishuv doirasidagi koʻp tomonlama kelishuvlarning Urugvay raundi (1995-y.) natijalarida qabul qilingan maxsus Kelishuv asosida tashkil etilgan. Butunjahon savdo tashkilotining asosiy organi bir yilda ikki marta oʻtkaziladigan sessiya hisoblanadi, shuningdek barcha aʼzo — mamlakatlarning vakillaridan iborat boʻlgan Kengash va Kotibiyat ham mavjud. Butunjahon savdo tashkilotining shtab — kvartirasi Shveysariyaning Jeneva sh.da joylashgan. Butunjahon savdo tashkilotining huquqiy asosi boʻlib Xizmatlar Savdosi boʻyicha Bosh kelishuv va Intellektual mulk huquqlarini savdo jihatlari boʻyicha Bosh Kelishuv hisoblanadi. Bugungi kunda 130 dan ortiq davlatlar Butunjahon savdo tashkilotining aʼzosi hisoblanadi[1].

  1. Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi