Buxgalteriya assotsiatsiyalari
Buxgalteriya assotsiatsiyalari buxgalteriya sohasini qoʻllab-quvvatlash hamda standartlar bilan taʼminlash uchun tashkil etilgan. Assotsiatsiyalar vazifasi ishga yollanayotgan buxgalter bilim darajasini aniqlash va buxgalter talab etiladigan sohalar uchun umumiy standartlar yaratishdan iborat.
Buxgalter tushunchasi juda keng maʼnoga ega boʻlib, uni turlicha taʼriflash mumkin. Har bir mamlakat oʻz standartlariga ega va har bir shaxs bu sohada bilim va koʻnikmaga ega boʻlmasa ham oʻzini buxgalter deb atashi mumkin. Buxgalteriya malakasini olish usullari turlicha. Malaka olmoqchi boʻlgan buxgalter toʻlovni toʻlab imtihonda qatnashmasligi, oʻz tajribasiga asoslangan holda malaka oshirishi, nazoratchisiz imtihon topshirishi, nazorat ostida imtihon zallarida offline yoki maxsus kompyuter markazlarida online tarzda imtihon topshirishi mumkin. Koʻpgina mamlakatlarda raqobatchi buxgalterlik assotsiatsiyalari mavjud, ammo ularning malaka sertifikatlari talabi va bilim darajasi turlicha.
Buxgalteriya assotsiatsiyalari buxgalteriya hisobi, soliq va huquqiy masalalar hamda oʻz aʼzolarining kasbiy rivojlanishi borasida yordam beradi. Shuningdek, ular oʻz aʼzolari nomidan ularning manfaatlarini koʻzlab huquqiy tomonlama koʻmaklashadi. Ular buxgalteriya hisobi standartlarini va malakali buxgalterdan foydalanishning afzalliklarini qoʻllab-quvvatlovchi va targʻib qiluvchi tashkilot.
Xalqaro buxgalteriya hisobi assotsiatsiyalari roʻyxati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mamlakat | Tashkilot | Imtihon (Nazoratsiz) | Imtihon (Nazoratchi orqali) | Tajriba asosida | Litsenziya asosida |
---|---|---|---|---|---|
Avstraliya | Buxgalteriya hisobi bo'yicha mutaxassislar uyushmasi (Avstraliya)[1] | Mavjud | Mavjud | Mavjud | Mavjud emas |
Avstraliya | Buxgalterlarni sertifikatsiyalash instituti (Avstraliya)[2] | Mavjud | Mavjud | Mavjud | Mavjud emas |
Kanada | Kanada Buxgalterlar assotsiatsiyasi[3] | Mavjud emas | Mavjud | Mavjud | Mavjud emas |
Kanada | Kanada professional buxgalterlar instituti[4] | Mavjud emas | Mavjud | Mavjud | Mavjud emas |
Daniya | Mustaqil Buxgalterlar uyushmasi[5] | Mavjud emas | Mavjud emas | Mavjud | Mavjud emas |
Hindiston | Buxgalterlarni sertifikatlash instituti (Hindiston)[6] | Mavjud emas | Mavjud | Mavjud | Mavjud emas |
Irlandiya | Buxgalterlarni sertifikatlash instituti[7] | Mavjud | Mavjud | Mavjud | Mavjud emas |
Irlandiya | Irlandiya Buxgalterlar uyushmasi[8] | Mavjud emas | Mavjud | Mavjud | Mavjud emas |
Isroil | Isroil Buxgalterlar uyushmasi[9] | Mavjud emas | Mavjud | Mavjud | Mavjud emas |
Yangi Zelandiya | Yangi Zelandiya Malakali Buxgalterlar uyushmasi[10] | Mavjud | Mavjud emas | Mavjud | Mavjud emas |
Yangi zelandiya | Yangi Zelandiya Buxgalterlar uyushmasi[11] | Mavjud | Mavjud emas | Mavjud emas | Mavjud emas |
Nigeriya | Nigeriya Buxgalterlar uyushmasi[12] | Mavjud emas | Mavjud | Mavjud | Mavjud |
Norvegiya | Norvegiya vakolatli buxgalterlar uyushmasi[13] | Mavjud emas | Mavjud | Mavjud emas | Mavjud emas |
Janubiy Afrika | Buxgalterlarni sertifikatlash instituti (Janubiy Afrika)[14] | ||||
Buyuk Britaniya | Buxgalteriya hisobi bo'yicha mutaxassislar uyushmasi[15] | Mavjud emas | Mavjud | Mavjud | Mavjud emas |
Buyuk Britaniya | Xalqaro Buxgalterlar uyushmasi[16] | Mavjud emas | Mavjud | Mavjud | Mavjud emas |
Buyuk Britaniya | Buxgalterlarni sertifikatlash instituti[17] | Mavjud | Mavjud | Mavjud | Mavjud emas |
AQSH | Buxgalterlarni sertifikatlash instituti[18] | Mavjud | Mavjud | Mavjud | Mavjud emas |
AQSH | Amerika professional buxgalterlar instituti[19] | Mavjud emas | Mavjud | Mavjud | Mavjud emas |
Jadval sarlavhalari taʼrifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mamlakat
Buxgalteriya uyushmasi tashkil etilgan davlat. Agar buxgalteriya uyushmasi bir necha davlatda tashkil etilgan boʻlsa u har bir davlat uchun alohida huquq va egalikka hamda qatnashuvchilarga ega boʻladi.
Tashkilot
Buxgalteriya uyushmasining toʻliq nomi.
Imtihon (nazoratsiz)
Mustaqil tarzda, tekshiruv va tekshiruvchilarsiz topshiriladigan imtihon.
Imtihon (nazoratchi orqali)
Nazoratchilar tomonidan nazorat ostida topshiriladigan imtihon.
Tajriba asosida
Malaka sertifikati shaxsning tajribasi asosida beriladi va imtihon olinmaydi. Nomzod oʻz tajribasi haqida kerakli maʼlumotlarni taqdim etadi.
Litsenziya orqali
Nomzod buxgalter sifatida faoliyat olib borish huquqini sotib oladi, ammo imtihon topshirganligi yoki tajribasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar talab qilinmaydi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Association of Accounting Technicians
- ↑ Institute of Certified Bookkeepers
- ↑ The Canadian Bookkeepers Association
- ↑ Institute of Professional Bookkeepers of Canada
- ↑ F-FB.dk Foreningen Freelance Bogholdere
- ↑ Institute of Certified Bookkeepers
- ↑ Institute of Certified Bookkeepers
- ↑ Irish Bookkeepers Association
- ↑ Israel Bookkeepers Association
- ↑ „New Zealand Qualified Bookkeepers Association“. New Zealand Qualified Bookkeepers Association. Qaraldi: 2018-yil 19-sentyabr.
- ↑ „New Zealand Bookkeepers Association“. New Zealand Bookkeepers Association. Qaraldi: 2016-yil 5-oktyabr.
- ↑ „Association of Bookkeepers Nigeria“. 2016-yil 21-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-aprel.
- ↑ „The Norwegian Association of Authorised Accountants“. 2015-yil 4-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 15-aprel.
- ↑ Institute of Certified Bookkeepers
- ↑ Association of Accounting Technicians
- ↑ International Associations of Book-keepers
- ↑ Institute of Certified Bookkeepers
- ↑ Institute of Certified Bookkeepers
- ↑ The American Institute of Professional Bookkeepers