Buxoro Xalq Sovet Respublikasi bayrog‘i
Buxoro Xalq Sovet Respublikasining bayrogʻi | |
---|---|
Mutanosibligi | 1:2 |
Qabul qilindi | 23.09.1921 |
Bayroq mualliflari | Umumbuxoro qurultoyi |
Buxoro Xalq Sovet Respublikasining bayrogʻi — gerbi bilan birga 1921—1924-yillarda Buxoro Xalq Sovet Respublikasining rasmiy ramzi boʻlgan.
Tasvirlanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]BXSR Konstitusiyasida tasvirlangan rasmiy bayroqdan tashqari, turli yillarda bayroqning turlicha oʻzgarishlaridan foydalanilgan. BXSR rasmiy tashkil etilishidan oldin markazda oq yarim oy tasvirlangan qizil bayroq va yuqori chap burchakda BXSR yozuvi ifodalangan. BXSR va bayroq tasdiqlangach, bayroqning oʻzgarishlaridan birida kirill alifbosidagi yozuv oʻrniga arab alifbosidagi yozuvdan qoʻllangan[1].
1921-yil 23-sentabrda boʻlib oʻtgan ikkinchi Umumbuxoro qurultoyi Buxoro Xalq Sovet Respublikasining Konstitusiyasini qabul qildi va tasdiqladi, uning 79-moddasida BXSR bayrogʻi tasvirlangan[1][2][3][4][5]:
B.X.S.R davlat bayrogʻi ikkita parallel tikilgan matolardan iborat: ustki qismi yashil va pastki qismi qizil rangda, oʻroqning oʻrtasida oltin yarim oy tasviri, uning ichida oltin besh qirrali yulduz bor. Yuqori yashil matoda uning chap burchagida milga yaqin joylashgan B.X.S.R. harflari mavjud.
Bayroqning umumiy kompozisiyasi, shu jumladan qisman qizil rang, yarim oy va yulduz Turkiya bayrogʻini qisman takrorlagan, uning kompozisiyalari turli mamlakatlardagi panturkistlar tomonidan oʻzlarining yangi bayroqlarida faol ishlatilgan[1][6].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]1920-yil 2-sentabrda Qizil Armiya va Yosh buxoroliklar Buxoroni bosib oldilar, 8-oktabrda Buxoro Xalq Sovet Respublikasi e’lon qilindi. Amir va uning hukumati Buxoro amirligining sharqiy qismiga, soʻngra Afgʻoniston amirligiga qochib ketadi. Buxoro amirligi hududida sovet hokimiyati oʻrnatilgach, amir bayrogʻi bekor qilindi, uning oʻrniga BXSR bayrogʻi ishlab chiqariladi.
1924-yil 19-sentabrda Sovetlarning beshinchi Butun Buxoro qurultoyi BXSRni Buxoro Sosialistik Sovet Respublikasiga aylantirish va milliy-davlat chegaralarini oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Oʻsha yili SSSR Buxoro amirligi hududini Oʻzbekiston SSR, Turkmaniston SSR va Tojikiston ASSR oʻrtasida milliy-hududiy chegaralashni amalga oshirdi. Ushbu milliy-hududiy chegaralash natijalariga koʻra, BXSR va uning bayrogʻi bekor qilindi va uning oʻrniga yangi ittifoq respublikalarining bayroqlari ishlab chiqildi[1][3][5].
Qabul qilinganlari va variantlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]-
BNSRning rasmiy tashkil etilishidan oldingi shartli bayrogʻi (1919-1920).
-
1920-yil 20-sentabrdan 1921-yil 23-sentabrgacha bolgan bayroqning koʻrinishi
-
1921-yil 23-sentabrdan 1923-yil 11-oktabrgacha bayroq koʻrinishi.
-
Buxoro Xalq Sovet Respublikasi bayrogʻining keyingi talqini
-
Buxoro Sosialistik Sovet Respublikasi bayrogʻi
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 1,3 Флаги Узбекистана: Бухара.
- ↑ К. А. Иванов. Флаги государств мира, 1971 — 25-26-bet.
- ↑ 3,0 3,1 Флаги Бухары
- ↑ Конституция Бухарской Народной Советской Республики. Статья 79.
- ↑ 5,0 5,1 W. Trembicky. Flags of Non-Russian peoples under Soviet Rule, The Flag Bulletin, Lexington, 1969 — 121-bet.
- ↑ Флаги Узбекистана: Туркестан.