Buxoro amirligida Qoʻshbegi arxivi
Oʻtmish ajdodlardan qolgan tarixiy yozma manbalar qatoridan haqli ravishda oʻrin olgan hujjatlardan biri Buxoro amiri Qushbegi Arxiv hujjatlaridir. Ushbu arxiv hujjatlari XIX asr uchinchi choragi XX asr boshlarida Buxoro amirligi tarixini oʻrganish uchun qimmatli manba boʻlib xizmat qiladi.Oʻtgan asrning 30-yillarigacha Buxoro amiri Qushbegi arxivi mavjudligi fanga noma’lum edi. 1931-yilda Buxoro arkining yertoʻlasidan tartibsiz yotgan arab grafikasida tojik tilida yozilgan hujjatlar topilgan. Arxivning bir qismi, Buxoro-Rossiya diplomatik va savdo munosabatlariga doir qismi oʻsha vaqtda Moskvadagi “Qadimgi hujjatlar Markaziy Davlat arxivi”ga, yana bir qismi “Oʻzbekiston markaziy Davlat tarix arxivi”ga topshirilgan. Moskvada saqlanayotgan hujjatlar Buxoro, Xiva va Balx xonliklarining Rossiya, Hindiston va boshqa mamlakatlar bilan boʻlgan siyosiy va iqtisodiy aloqalari tarixini oʻrganishda muhim ahamiyat kasb etadi.Mazkur qushbegi arxivi hozirda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxivining tarixiy fondida (№ I-126) saqlanadi.Fondning 2 ta roʻyxati boʻlib, 1- roʻyxatda 2008 ta, 2- roʻyxatda 7437 ta saqlov birligidagi hujjatlar mavjud. Ushbu arxiv xonlikning ijtimoiy-siyosiy tarixi, iqtisodiyoti va boshqa masalalarni oʻrganishda muhim manba ro’lini oʻynaydi. Lekin bu fond hali yaxshi oʻrganilmagan.
Oʻrgangan olimlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]P.P.Ivanov, A.A.Semyonov, M.A.Abduraimov, K.M.Mirzoyev,Halim Toʻraev
Oʻrganilgan manba boʻyicha qonun va qarorlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]1999-yildagi Oliy Majlisning XIV sessiyasida Oʻzbekiston Birinchi Prezidenti I.A.Karimov chet el fondlarida saqlanayotgan minglab arxiv hujjatlarini Oʻzbekistonga qaytarish zarurati toʻgʻrisida gapirdi
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |