Buxoro davlat pedagogika instituti
Rektori | Ma’murov Bahodir Baxshulloyevich |
---|---|
Fakultetlar | 6 ta |
Bakalavriat | 34 ta |
Magistratura | 8 ta |
Fan doktorlari | 7 |
Oʻqituvchilari | 80 |
Manzili | |
Kampusi | 10889,2 kvadrat metr |
Buxoro davlat pedagogika instituti — 2020-yil 27-fevralidagi O‘zbekiston Respublikasi prezidentining PQ-4623-son „Pedagogik taʼlim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida“gi qaroridan soʻng, respublika hududida joylashgan beshta universitet negizida yangi institutlar tashkil etilgan[1][2][3]. Shu jumladan Buxoro davlat universitet qoshida Buxoro davlat Pedogogika instituti tashkil qilingan boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2021-yil 29-iyundagi buyrugʻi bilan Mirzohid Daminov Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti direktori lavozimiga tayinlanadi. Institutda o‘quv jarayoni 2021/2022-o‘quv yilidan boshlangan.
Pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarini tizimli rivojlantirish va ularda boshqaruv faoliyatini takomillashtirish, ilg‘or xorijiy tajribalarni joriy qilgan holda zamonaviy ta’lim dasturlarini ishlab chiqish, yuqori malakali professional kadrlar tayyorlashni yangi bosqichga ko‘tarish, shuningdek, pedagogika sohasida ta’lim, ilm-fan va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash maqsadida 2022-yil 21-iyundagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-289-son qarorga asosan Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti negizida Buxoro davlat pedagogika instituti tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 14-sentabrdagi 474-son qaroriga asosan Bahodir Baxshulloyevich Ma’murov Buxoro davlat pedagogika institutining rektori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi
Taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Buxoro davlat pedagogika institutida 6 ta fakultet, 11 ta kafedra 2 ta markaz va 20 ta boʻlim faoliyat olib bormoqda. Institutda, shuningdek, 19 ta kunduzgi, 4 ta kechki, 11 ta sirtqi taʼlim shakli mavjud. 2021/2022-yil oʻquv yilida jami talabalar soni 3 907 nafarni tashkil etgan.
Institutda 7 nafar fan doktori, 153 ta fan nomzodi, 24 ta katta oʻqituvchi va 66 ta o'qituvchi faoliyat olib bormoqda[4].
Xalqaro aloqalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Buxoro davlat pedagogika institutida Rossiyaning Moskva davlat universiteti, Xalqlar doʻstligi universiteti va Penza davlat universiteti bilan hamkorlik qilib keladi. Bundan tashqari Turkiyaning Kutahya Dumpilpinar universiteti, Necmittin Erbakan universiteti va Marmara universitetlari bilan ham hamkorlik oʻrnatgan.
Institutning asosiy vazifalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Hududda pedagogik soha va tarmoqlarning rivojlanish istiqbollari hamda ustuvor vazifalari, shuningdek, zamonaviy texnika-texnologiyalarning rivojlanish tendensiyalarini hisobga olgan holda pedagogika sohasi bo‘yicha tarbiya va o‘qitish usullari, taʼlim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash ko‘nikmalariga ega professional oliy maʼlumotli kadrlarni tayyorlash;
- institutning mintaqa va xalqaro miqyosdagi nufuzini oshirish maqsadida xorijiy fuqarolar uchun taʼlim olish imkoniyatini kengaytirish va ilg‘or xalqaro tajribani tatbiq etish;
- o‘quv va ilmiy laboratoriya xonalarini tashkil etish, zamonaviy texnologiyalar asosida jihozlash, o‘quv hamda ilmiy loyihalarni amalga oshirish;
- taʼlim va ilmiy izlanishlar jarayoniga malakali mutaxassislarni keng jalb etish maqsadida respublikadagi hamda xorijiy yetakchi oliy taʼlim muassasalari, ilmiy markazlar bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish;
- xorijiy yetakchi va nufuzli oliy taʼlim muassasalarining ilg‘or tajribasini tatbiq etish asosida malaka talablari, o‘quv rejalari, fan dasturlarini ishlab chiqish, o‘quv hamda ilmiy-uslubiy taʼminotni takomillashtirish, ularni amaliyotga joriy etish;
- taʼlim jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etish, zamonaviy axborot-kommunikasiya va taʼlim texnologiyalarining mustahkam integrasiyasini taʼminlash;
- pedagogik taʼlim sohasini rivojlantirishning ilmiy-metodik vazifalarini hal etish, ilg‘or xorijiy pedagogik texnologiyalarni joriy qilishga yo‘naltirilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish va iqtidorli talaba-yoshlarni ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanishga keng jalb etish;
- respublika va xorijiy oliy taʼlim, ilmiy muassasalariga istiqbolli yosh bitiruvchilarni magistratura va doktoranturaga muntazam yuborish orqali institutning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirib borish[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „BUXORO DAVLAT UNIVERSITETINING PEDAGOGIKA INSTITUTI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA“ (2021-yil 2-mart). 2022-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-oktyabr.
- ↑ „5 ta universitet huzurida Pedagogika instituti tashkil etildi“ (2020-yil 27-fevral). 2022-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-oktyabr.
- ↑ 3,0 3,1 „Buxoro davlat universitetining Pedagogika instituti tashkil etildi“ (2021-yil 6-aprel). 2022-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-oktyabr.
- ↑ „BUXORO DAVLAT UNIVERSITETINING PEDAGOGIKA INSTITUTI“ (2021-yil 1-fevral). 2022-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-oktyabr.
5. https://gov.uz/edu/news/view/2674/[sayt ishlamaydi]