Kontent qismiga oʻtish

Buydashxon

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Buydashxon, Buylashxon, Boydashxon (7—1560) — Joʻjixon avlodlaridan boʻlmish Katta juz xoni.Buydashxon oʻz hukmronligi davrida Movarounnahrga tez-tez bostirib kirib, mahalliy aholini talontaroj qilib turgan. Chunonchi, u 1560-yil 20 ta qozoq sultoniga bosh boʻlib, Fargʻona vodiysiga toʻsatdan bostirib kirganda, bir qancha qishloqlarni talagach, Axsikat shahri tomon yoʻl olgan. Shunda Oʻrta Osiyoda Maxdumi Aʼzamdan keyin naqshbandiylik tariqatiga yetakchilik qilayotgan Lutfulloh Chustiy xalqni Buydashxonga qarshi oyoqqa turgʻizib, jangga yetaklagan. Natijada Buydashxon boshliqqozoqsultonlari qoʻshini Axsikat boʻsagʻasidagi jangda butunlay tormor keltirilgan. Buydashxonning oʻzi esa shu jangda oʻldirilgan.

Buydashxon avlodlari XIX asrning oxirlari va XX asrning boshlarida Yettisuv viloyatining Avliyoota (Jambul), Sirdaryo va Verniy (Olmaota) uyezdlarida yashagan.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil