Buyuk davlatchilik shovinizmi
Buyuk davlatchilik shovinizmi — koʻp millatli mamlakatlarda tarixiy taraqqiyot jarayonida davlatda yetakchi mavqeini egallagan, oʻz millatini "oliy" millat deb eʼlon qilgan hukmron millat mafkurasi va siyosati, shovinizm va millatchilikning bir turi. Millat va koʻp millatli davlatlar hamda mustamlaka imperiyalari tashkil topayotgan davrda vujudga kelgan. Hukmron "buyuk" millatlar siyosati boshqa millat va elatlarni asoratga solish, ayovsiz ishlatish, iqtisodiy, siyosiy va madaniy sohalarda kamsitishga qaratilgan. Maye, Rossiya imperiyasida yashovchi mazlum xalqlarga, jumladan Turkiston xalqlariga nisbatan Buyuk davlatchilik shovinizmi shahriga asoslangan siyosat amalga oshirildi, ularning qadriyati, madaniyati, maʼnaviyati, ilm maʼrifati, dini va urfodatlari oyoq osti qilindi. Shoʻrolar zamonida mazkur siyosat turli mafkuraviy usullar bilan emas, "baynalmilallik" shiori ostida davom ettirildi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |