Buyuk ipak yoʻli maydoni

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Buyuk ipak yoʻli maydoni — Mirzo Ulugʻbek tumanida, Mustaqillik shoxkoʻchasi, Mirzo Ulugʻbek, Muxammad Yusuf va Buyuk ipak yoʻli koʻchalari kesishgan joyda. Toshkent zilzilasi (1966) dan keyin yuzaga kelgan. 1974 yilda rus yozuvchisi Maksim Gorkiy (1868-1936) nomi bilan ataldi. 1992 yil 7-mayda maydonga tutashgan koʻchaga Buyuk ipak yoʻli nomi berilishi munosabati bilan maydon ham shunday nomlandi. 2002 yilda Buyuk ipak yoʻli maydonida avtotransport vositalari harakatlanishiga qulaylik yaratish maqsadida keng qamrovli rekonstruksiya, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari olib borildi. Maydon atrofida koʻp qavatli turar joy binolari, savdo doʻkonlari, maishiy xizmat koʻrsatish shaxobchalari, avtobuslar boshbekati va "Buyuk ipak yoʻli" metro bekati bor[1].

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Toshkent. Ensiklopediya, 2009-yil.