Buzg'unchi innovatsiyalar
"Buzgʻunchi innovatsiya" (inglizcha: Disruptive innovation) — bozordagi qiymatlar nisbatini oʻzgartiradigan innovatsiyalar. Bu jarayonda avvalgi mahsulotlarning ahamiyati yoʻqolib borishi hisobiga, raqobatbardoshligi ham yoʻqoladi. Bu nazariya Kleyton Kristensen tomonidan ishlab chiqilib, 1997-yilda nashr etilgan.
Tavsif
[tahrir | manbasini tahrirlash]Buzgʻunchi innovatsiya modeli - bu Kleyton Kristensenning nazariyasi boʻlib, 1997-yilda oʻzining „Innovatorning dilemmasi: Qanday qilib yangi texnologiyalar kuchli kompaniyalarning muvaffaqiyatsizligiga sabab boʻladi“ (The Innovator’s Dilemma: When New Technologies Cause Great Firms to Fail)nomli kitobiga kiritgan. Ushbu modelni yangi texnologiyalarning firma faoliyatiga ta’sirini tavsiflash uchun qoʻllash mumkin. Kleyton Kristensen jahonning yetakchi kompaniyalari bozorga yangi texnologiyalar kirib kelishi bilan oʻz ustunlik mavqeini, birinchiliginii yoʻqotish sabablarini oʻrganib chiqdi. „Buzuvchi texnologiyalar“ yangi mahsulotning innovatsion xususiyatlariga ehtiyoji bor, shuning uchun ham uning ayrim nuqsonlariga koʻz yumishga tayyor xaridorini topgan paytda hamma narsa oʻzgaradi. Yangi texnologiya rivojlana boshlaydi, ishlab chiqarish hajmi oʻsadi, shu vaqtdan boshlab „buzuvchi texnologiya“nomi oqlanadi.
Bu turdagi innovatsiyalar umumiy ishlab chiqarish hajmining kamayishiga sabab boʻlishi mumkin (resurslardan foydalanish nuqtai nazaridan yangi segment ahamiyatsiz boʻlib qolgan segmentdan ancha kichik), gap tugatiladigan texnologiyalar haqida ketyapti[1].
Misollar
[tahrir | manbasini tahrirlash]"Buzuvchi innovatsiyalar" ga telefon (telegraf oʻrnini egalladi), paroxodlar (yelkanli kemalarning oʻrniga kirib keldi), yarim oʻtkazgichlar (elektrvakuum qurilmalari oʻrnini bosdi), raqamli kameralar (plyonkaligi oʻrniga kirib keldi)[2], elektron pochta (an‘anaviy pochtanni "yorib " oʻtdi) misol boʻla oladi.
NATO Fan va Texnologiya Tashkiloti (STO) tomonidan 2040-yilgacha boʻlgan davrda aniqlangan ilgʻor texnologiyalar roʻyxatiga sun‘iy intellekt, katta ma’lumotlar, avtonomiya, biosensorlar va kvant texnologiyalari kiradi.
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Strategik innovatsiyalar
- IIodiy vayronkorlik
- Texnologik tartib
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ М. Делягин, «Все пути ведут в Америку»// Альманах Лебедь, № 246, 18 ноября 2001 г.
- ↑ „Kodak and The Digital Revolution - Management of Innovation and Change — Pradeep Singh“ (inglizcha). Pradeep Singh (5-mart 2015-yil). 6-mart 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-sentabr 2017-yil.