Kontent qismiga oʻtish

Byerkneslar

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Byerkneslar (Bjerknes) – ota va oʻgʻil norveg geofiziklari: 1) Vilgelm Friman Koren (1862— 1951) – meteorologiyada frontologik ilmiy maktab asoschisi. Suyuqlik yoki gazda sirkulyatsiyaning tezlashishi toʻgʻrisidagi teorema, siklonlarning toʻlqin nazariyasi muallifi. Obhavoni oldindan aytishning dinamik usullarini ishlab chiqqan. Norvegiyada obhavo xizmatiga asos solgan (1917); 2) Yakob (1897—1975) – atmosfera frontlari haqidagi taʼlimot asoschilaridan biri. Asarlari siklonlar evolyutsiyasiga, ularning atmosferaning umumiy sirkulyatsiyasidagi ahamiyatiga, okean suvlarining atmosfera jarayonlariga taʼsiri va boshqalarga doir.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil