Kontent qismiga oʻtish

Byudjet rezervlari

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Byudjet rezervlari — davlat tadbirlarini uzluksiz ravishda mablagʻ bilan taʼminlash va kutilmagan harajatlarni qoplash uchun davlat byudjetida hosil qilinadigan fondlar. Byudjet rezervlari tabiiy ofatlar natijasida davlat mulkiga yetgan zarar oʻrnini qoplash, shuningdek tasodifiy hollar tufayli yuzaga kelgan harajatlarni mablagʻ bilan taʼminlash (bu jihatdan Byudjet rezervlari sugʻurta fondining bir turi boʻlib xizmat qiladi), xalqxoʻjaligi rejasi va byudjetni ijro etish jarayonida paydo boʻladigan qoʻshimcha harajatlarga sarflash, byudjetga daromadlarning tushish muddati oʻrtasida muqobillik roʻy berganda mavjud mablagʻlardagi vaqtinchalik uzilishga chek qoʻyish uchun moʻljallanadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil