Kontent qismiga oʻtish

Byudjet statistikasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Byudjet statistikasi — aholining turli ijtimoiy guruhlari (sanoat ishchilari, xizmatchilar, injener-texnik xodimlar va boshqalar) turmush darajasini oʻrganuvchi statistika sohasi; byudjet tekshiruvlari natijasida olingan statistik maʼlumotlarni ishlab chiqish va tahlil qilish bilan shugʻullanadi. Oilalarning byudjetlari haqidagi statistik maʼlumotlarni tahlil qilish isteʼmol krnuniyatlarini ochib beradi. Bu qonuniyatlar xalq xoʻjaligini rivojlantirish va barcha aholining farovonligini oshirish uchun rejalar tuzishda nazarda tutiladi. Shuningdek, Byudjet statistikasi maʼlumotlaridan mamlakat milliy daromadi va uning aholi guruhlari oʻrtasida taqsimlanishini hamda real daromadlarni hisoblashda, mehnat resurslari balanslarini, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari balanslarini tuzishda va iqtisodiy hisobkitob ishlarida ham foydalaniladi. Oʻzbekistonda Byudjet statistikasi ni Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi olib boradi va oʻrganadi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil