Byudjet taqchilligi
Qiyofa
Byudjet taqchilligi, byudjet kamomadi — byudjetlati harajatlarning daromadlardan ustun boʻlishi. Kamomad rejali ravishda belgilanishi ham mumkin. Koʻpincha Byudjet taqchilligi rejalashtirilgan byudjet bilan ijro etilgan byudjetning nomutanosibligi natijasida sodir boʻladi va harajatlarning daromadlardan yuqori boʻlganligini koʻrsatadi. Davlatning Byudjet taqchilligi ni qoplash kredit emissiyasi yoki boshqa manbalar, shu jumladan muomalaga turli muddatli davlat obligatsiyalarini chiqarish hamda aholi yoki yuridik shaxslar oʻrtasida joylashtirish evaziga amalga oshiriladi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |