Cédric Soares
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Cédric Ricardo Alves Soares | ||
Tavallud sanasi | 31-avgust 1991 | ||
Tavallud joyi | Singen, Germaniya | ||
Boʻyi | 1.72 m | ||
Ampluasi | o'ng qanot himoyachisi | ||
Laqabi | Cédric | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Arsenal | ||
Raqami | 17 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
1998-2010 | Sporting CP | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2010-2015 | Sporting CP | (2) | |
2011-2012 | Académica | (0) | |
2013 | Sporting CP B | (0) | |
2015-2020 | Southampton | (1) | |
2019 | Inter Milan (ijara) | (0) | |
2020 | Arsenal | (1) | |
2020- | Arsenal | (2) | |
Milliy terma jamoa | |||
2006–2007 | Portugaliya U-16 | (1) | |
2007–2008 | Portugaliya U-17 | (0) | |
2009 | Portugaliya U-18 | (0) | |
2009–2010 | Portugaliya U-19 | (0) | |
2010–2011 | Portugaliya U-20 | (0) | |
2011–2012 | Portugaliya U-21 | (0) | |
2014- | Portugaliya | (1) | |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Cédric Ricardo Alves Soares[1][2] (1991-yil 31-avgustda tugʻilgan), Cédric (talaffuzi: Sedrik) nomi bilan tanilgan, Portugaliyalik professional futbolchi, Angliya Premer-ligasining "Arsenal" klubi va Portugaliya terma jamoasida oʻng qanot himoyachisi sifatida toʻp suradi.
Sedrikning karyerasi Sporting CPda boshlandi, u Primeiraning toʻrt mavsumi davomida 93 oʻyinda maydonga tushib, ikkita gol urdi. 2015-yilda „Southampton“ bilan shartnoma imzolagan.
Barcha yoshlar darajasidagi terma jamoada 72 ta oʻyin oʻtkazgan Sedrik 2014-yilda Portugaliya milliy terma jamoasi safida debyut qilgan. U 2018-yilgi Jahon chempionati va Yevro-2016 musobaqalarida ishtirok etgan va Yevropa chempionatida gʻalaba qozongan.
Jamoalardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sporting
[tahrir | manbasini tahrirlash]Singen, Baden-Vyurtemberg, Germaniyada portugallar oilasida tugʻilgan Sedrik ikki yoshida Portugaliyaga qaytdi[3][4].1998-yili yetti yoshida u Sporting CP yoshlar akademiyasiga qoʻshildi[5].
Sedrik asosiy jamoa tarkibida Primeiradagi debyutini 2011-yilning 8-mayida oʻz maydonida „Vitoriya de Setubal“ga qarshi oʻyinda (0:1) oʻtkazdi[6]. 2011–12 yillar davomida u jamoadoshi Adrien Silva bilan birga oliy divizion aʼzosi „Academica“ klubiga ijaraga berildi[7]. Sedrik u yerda muntazam oʻyin amaliyotiga ega boʻldi va oʻsha mavsumda „Taça de Portugal“da gʻalaba qozondi, „Sporting“ga qarshi 1:0 hisobida gʻalaba qozonilgan bahsda toʻliq 90 daqiqa harakat qildi[8].
Southampton
[tahrir | manbasini tahrirlash]2015-yil 18-iyunda Sedrik yozgi transferlar mavsumida „Southampton“ bilan toʻrt yillik shartnoma imzolagan ikkinchi futbolchi sifatida eʼlon qilindi[9], ingliz klubi bilan shartnoma 6,5 million yevroni (4,7 funt sterling) tashkil qilgan[10][11]. U 30-iyul kuni UEFA Yevropa ligasining uchinchi saralash bosqichi doirasida „Vitess“ga qarshi oʻz uyida 3:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda debyutini oʻtkazib, toʻliq 90 daqiqa harakat qildi[12]. Oʻn kun oʻtgach, u birinchi marta Premer-liga doirasida "Nyukasl Yunayted"ga qarshi oʻyinda (2:2) koʻrinish berdi va Gratsianu Pellning birinchi goliga assistentlik qildi, tanaffusda uning oʻrniga Kuko Martina maydonga tushdi[13].
Sedrik oʻzining ilk golini 2018-yil 18-mart kuni Angliya kubogining oltinchi turida „Uigan Atletik“ga qarshi yangi bosh murabbiy Mark Xyuz qoʻl ostidagi birinchi oʻyinda kiritdi[14].
Inter Milan (ijara)
[tahrir | manbasini tahrirlash]2019-yilning 26-yanvarida Sedrik yozda 9,5 million funt sterlingga sotib olish imkoniyati bilan mavsumning qolgan qismiga ijara asosida Milanning „Inter“ klubiga oʻtdi[15]. U besh kundan keyin birinchi marta maydonga tushib 15 daqiqa oʻynadi va jamoasi Italiya Kubogi chorak finalida "Latsio"ga qarshi oʻyinda (120 daqiqadan soʻng 1:1) 4:3 hisobida magʻlub boʻldi[16].
Arsenal
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sedrik 2020-yilning 31-yanvarida "Arsenal"ga olti oylik ijara asosida qoʻshildi[17].
2020-yil 24-iyun kuni Sedrik shartnoma muddati tugagach, erkin agent sifatida uzoq muddatli shartnoma asosida „Arsenal“ga oʻtayotgani eʼlon qilindi[18].
Xalqaro maydonda…
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sedrik 2011-yilda Kolumbiyada boʻlib oʻtgan FIFA U-20 Jahon chempionati uchun Portugaliyaning U-20 jamoasi tarkibiga chaqirilgan va yakunda turnirni ikkinchi oʻrin bilan yakunlagan[19][20].
U Portugaliya U-21 terma jamoasi safida oʻn marta maydonga tushgan, 2011-yilning 1-sentyabrida 2013-yilgi Yevropa chempionati saralashida Moldovadaga qarshi 2:0 hisobida gʻalaba qozonilgan bahsda debyutini amalga oshirgan[21]. Kattalar jamoasidagi ilk uchrashuvi 2014-yilning 11-oktabrida Parijda Fransiyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida (1:2) boshlangan edi[22][23].
Karyera statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2022-yil 22-may holatiga ko'ra
Klub | Mavsum | Liga | Mamlakat kubogi | Liga kubogi | Yevropa | Boshqa | Jami | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Diviziya | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Sporting CP | 2010–11[24] | Primeira Liga | 2 | 0 | 0 | 0 | 1 | 0 | 2 | 0 | — | 5 | 0 | |
2012–13[24] | Primeira Liga | 13 | 1 | 0 | 0 | 3 | 0 | 7 | 0 | — | 23 | 1 | ||
2013–14[24] | Primeira Liga | 28 | 1 | 0 | 0 | 3 | 0 | — | — | 31 | 1 | |||
2014–15[24] | Primeira Liga | 24 | 0 | 3 | 0 | 0 | 0 | 7 | 0 | — | 34 | 0 | ||
Jami | 67 | 2 | 3 | 0 | 7 | 0 | 16 | 0 | — | 93 | 2 | |||
Académica (ijara) | 2011–12[24] | Primeira Liga | 24 | 0 | 5 | 0 | 0 | 0 | — | — | 29 | 0 | ||
Sporting CP B | 2012–13[24] | Segunda Liga | 2 | 0 | — | — | — | — | 2 | 0 | ||||
Southampton | 2015–16 | Premer-liga | 24 | 0 | 0 | 0 | 2 | 0 | 1 | 0 | — | 27 | 0 | |
2016–17 | Premer-liga | 30 | 0 | 0 | 0 | 3 | 0 | 1 | 0 | — | 34 | 0 | ||
2017–18 | Premer-liga | 32 | 0 | 4 | 1 | 0 | 0 | — | — | 36 | 1 | |||
2018–19 | Premer-liga | 18 | 1 | 2 | 0 | 2 | 0 | — | — | 22 | 1 | |||
2019–20 | Premer-liga | 16 | 0 | 1 | 0 | 2 | 1 | — | — | 19 | 1 | |||
Jami | 120 | 1 | 7 | 1 | 9 | 1 | 2 | 0 | — | 138 | 3 | |||
Inter Milan (ijara) | 2018–19[24] | Serie A | 4 | 0 | 1 | 0 | — | 4 | 0 | — | 9 | 0 | ||
Arsenal (ijara) | 2019–20[25] | Premer-liga | 5 | 1 | 0 | 0 | — | — | — | 5 | 1 | |||
Arsenal | 2020–21 | Premer-liga | 10 | 0 | 2 | 0 | 2 | 0 | 9 | 0 | 1 | 0 | 24 | 0 |
2021–22 | Premer-liga | 21 | 1 | 1 | 0 | 4 | 0 | — | — | 26 | 1 | |||
2022–23 | Premer-liga | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | 0 | 0 | ||
Jami | 36 | 2 | 3 | 0 | 6 | 0 | 9 | 0 | 1 | 0 | 55 | 2 | ||
Karyera boʻyicha jami | 252 | 5 | 14 | 1 | 22 | 1 | 31 | 0 | 1 | 0 | 323 | 7 |
Xalqaro
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 2021-yil 27-mart holatiga ko'ra[26]
Milliy terma jamoa | Yil | Oʻyinlar | Gollar |
---|---|---|---|
Portugaliya | 2014 | 2 | 0 |
2015l | 6 | 0 | |
2016 | 8 | 0 | |
2017 | 9 | 1 | |
2018 | 8 | 0 | |
2021 | 1 | 0 | |
Jami | 34 | 1 |
Sovrinlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub
[tahrir | manbasini tahrirlash]Académica
- Taça de Portugal: 2011–12[8]
Sporting
- Taça de Portugal: 2014–15[27]
Southampton
- EFL kubogi kumush medal sohibi: 2016–17[28]
Arsenal
- FA Community Shield: 2020[29]
Xalqaro
[tahrir | manbasini tahrirlash]Portugaliya U20
- FIFA U-20 Jahon kubogi kumush medal sohibi: 2011[30]
Portugaliya
Ordenlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Presidente Cavaco Silva condecorou selecção nacional de futebol sub-20“ (portugalcha). Arquivo Presidência (6-sentabr 2011-yil). Qaraldi: 11-iyul 2016-yil.
- ↑ „Marcelo condecora jogadores com Grau de Comendador da Ordem do Mérito“ (portugalcha). SAPO Desporto (10-iyul 2016-yil). Qaraldi: 11-iyul 2016-yil.
- ↑ Martins. „Cedric setzt sich hohe Ziele“ (olmoncha). Kicker. Olympia-Verlag (19-oktabr 2014-yil). Qaraldi: 9-noyabr 2014-yil.
- ↑ Pereira. „Memórias do miúdo que foi para o Sporting por causa da Alemanha“ (portugalcha). Maisfutebol. IOL.PT (21-oktabr 2014-yil). 27-oktabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-yanvar 2015-yil.
- ↑ „Talentos da formação ultrapassam 110 milhões em vendas“ (portugalcha). Record (18-iyun 2015-yil). Qaraldi: 2-yanvar 2020-yil.
- ↑ „Setúbal conquista Alvalade e a permanência“ (portugalcha). Rádio e Televisão de Portugal (8-may 2011-yil). Qaraldi: 18-may 2018-yil.
- ↑ Barreira, Manuel. „Cédric emprestado à Académica“ (portugalcha). Record (17-iyun 2011-yil). 18-iyun 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-iyun 2015-yil.
- ↑ 8,0 8,1 „Académica shock Sporting to lift Portuguese Cup“. PortuGOAL.net (19-may 2012-yil). 2013-yil 2-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-oktabr 2014-yil.
- ↑ „Saints land Portugal defender Cédric“. Southampton F.C. (18-iyun 2015-yil). 2015-yil 18-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-iyun 2015-yil.
- ↑ „Comunicado“ (portugalcha). Sporting CP (18-iyun 2015-yil). Qaraldi: 18-iyun 2015-yil.
- ↑ „Southampton sign Cedric Soares from Sporting Lisbon“. BBC Sport (18-iyun 2015-yil). Qaraldi: 18-iyun 2015-yil.
- ↑ Williams. „Southampton 3–0 Vitesse“. BBC Sport (30-iyul 2015-yil). Qaraldi: 30-iyul 2015-yil.
- ↑ Davis. „Newcastle United 2–2 Southampton“. BBC Sport (9-avgust 2015-yil). Qaraldi: 9-avgust 2015-yil.
- ↑ Sanders. „Wigan Athletic 0–2 Southampton“. BBC Sport (18-mart 2018-yil). Qaraldi: 19-mart 2018-yil.
- ↑ Stone. „Cedric Soares: Southampton defender joins Inter Milan on loan“. BBC Sport (26-yanvar 2019-yil). Qaraldi: 27-yanvar 2019-yil.
- ↑ „Coppa Italia, Inter-Lazio 4–5 dcr: Icardi replica a Immobile, dal dischetto sbaglia Nainggolan“ (italyancha). Corriere dello Sport (31-yanvar 2019-yil). Qaraldi: 31-yanvar 2019-yil.
- ↑ „Arsenal sign defender Cedric Soares from Southampton on loan“. BBC Sport (31-yanvar 2020-yil). Qaraldi: 31-yanvar 2020-yil.
- ↑ „Four players extend stay at club“. Arsenal F.C. (24-iyun 2020-yil). Qaraldi: 24-iyun 2020-yil.
- ↑ „Mundialistas revelados“ (portugalcha). FPF.pt. Portuguese Football Federation (10-iyun 2011-yil). 3-aprel 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-iyun 2011-yil.
- ↑ „Oscar treble wins thrilling final for Brazil“. FIFA (20-avgust 2011-yil). 14-iyun 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-fevral 2016-yil.
- ↑ „Portugal prove too good for Moldova“. UEFA (1-sentabr 2011-yil). Qaraldi: 25-iyun 2016-yil.
- ↑ Nunes. „Cédric na seleção: "Chegou a minha hora"“ (portugalcha). Relvado. SAPO (6-oktabr 2014-yil). 2014-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-oktabr 2014-yil.
- ↑ „France get the better of Portugal“. UEFA (11-oktabr 2014-yil). Qaraldi: 13-oktabr 2014-yil.
- ↑ 24,0 24,1 24,2 24,3 24,4 24,5 24,6 „Cédric Soares: Summary“. Soccerway. Perform Group. Qaraldi: 2-yanvar 2020-yil.
- ↑ Manba xatosi: Invalid
<ref>
tag; no text was provided for refs namedSB2020
- ↑ „National football team player Cédric Soares“. EU-Football.info. Qaraldi: 4-aprel 2021-yil.
- ↑ Calaveiras. „Sporting ganha Taça de Portugal“ (portugalcha). Rádio Renascença (31-may 2015-yil). Qaraldi: 2-yanvar 2020-yil.
- ↑ McNulty. „Manchester United 3–2 Southampton“. BBC Sport (26-fevral 2017-yil). Qaraldi: 27-fevral 2017-yil.
- ↑ Sanders, Emma. „Arsenal 1–1 Liverpool“. BBC Sport (29-avgust 2020-yil). Qaraldi: 31-avgust 2020-yil.
- ↑ „Brazil 3–2 Portugal“. FIFA. 2011-yil 3-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-yanvar 2020-yil.
- ↑ McNulty. „Portugal 1–0 France“. BBC Sport (10-iyul 2016-yil). Qaraldi: 10-iyul 2016-yil.
- ↑ „Ordens Honoríficas Portuguesas“ (portugalcha). Presidency of the Portuguese Republic. Qaraldi: 16-mart 2021-yil.
- ↑ „Seleção recebe insígnias de Marcelo no Porto“ (portugalcha). Diário de Notícias (25-avgust 2016-yil). 2018-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-avgust 2017-yil.