CHjenguan davri

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

CHjenguan davri[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tan imperatori Tayszun Li Shimin yoshligida otasi Li Yu- anning o'ng qo'li bo'lib, otasiga Tan sulolasini shakllani- shida yordam bergan. U mohir lashkar bo'lib, qobiliyatli va aqlli odamlarni oʻziga yaqin tutardi va yuqori mavqega ega edi. Chjenguan yilida Li Shimin imperator bo'ldi. Chjengu- an davrida (627-649-yillar) u Suy sulolasi halokatidan olgan sabog'ini yoddan chiqarmay, mamlakat boshqaruvida ochiq siyosatini qo'lladi va xalq hamda davlat manfaatlari uchun ko'pgina chora-tadbirlarni amalga oshirdi. Buning natijasi- da Tan sulolasi hokimiyati mustahkamlandi, ijtimoiy iqtisod tiklandi va rivojlandi, nisbatan tinch va farovon sharoit o'r- natildi. Tarixchilar bu vaqt bo'lagini "Chjenguan davri” deb atashadi. Tayszun ochiq-oydin siyosat olib borish uchun qobiliyatli odamlardan unumli foydalanish va xalq fikrlariga quloq solish lozimligidan unumli foydalangan. Shuning uchun ham u lavozimlarga kelib chiqishidan qat'iy nazar iqtidorli va qo- biliyatli odamlarni tayinladi. O'z fikrla- rida qattiq turadigan Vey Chjen impera- torning qahriga uchrashdan qo'rqmasdan uni ochiqdan-ochiq tanqid qilardi. Tays- zun Vey Chjenning vafoti tufayli qattiq qayg'urdi. U shunday degan edi: "Mis hoshiyali ko'zguda kiyimlarni tartibga so- lish mumkin; tarix ko'zgusida yuksalish va yemirilishni ko'rish mumkin; inson koʻzgusida xatolarni tushinish mumkin. Vey Chjen o'limidan keyin men mana shu ko'zgusiz qoldim". Tan imperatori  Tayszun juda ko'p chora-tadbirlar o'tkazdi. Masalan, uyezd va okruglarni birlashtirdi va bu bilan ortiqcha harajatlarni tejab qoldi; dehqonlar yerga ega bo'lishlari uchun ruxsat berdi; mehnatkash xalqning og'ir yukini yengillashtirib, dehqonc hilik uchun dehqonlarga vaqt be- rishni kafolatladi. Bu chora-tad- birlarning barchasi xalq tomoni- dan keng ko'lamda qo'llab-quv- vatlandi. Tayszun koʻpincha qadimgi "Imperator- bu qayiq. xalq suv; suv qayiqni suv usti- da olib yurishi mumkin, xohlasa cho'ktirishi mumkin" degan hik- matli gapni keltirar edi.Tayszun nisbatan ochiq milliy siyosat olib bordi va uning bu siyosatini barcha millatlar qo'llab-quvvatladilar. Shimoliy xalq- lar uni hurmat qilib "xan" deb atashar edi. U o'z qizi malika Venchenni tibet podshohiga erga berganligi sababli xanlar va tibetliklar o'rtasidagi aloqalar yanada yaqinlashdi. Bu esa o'z navbatida, ko'p millatli davlatning barqarorligiga hissa bo'lib xizmat qildi.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. Nosirova, S. Xitoy tarixi. Toshkent: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, 2018 — 97,98,99 bet. 

Adabiyotlar[tahrir | manbasini tahrirlash]

S.Nosirova. S. Hashimov . Xitoy tarixi. Toshkent -2018 97,98,99