Kontent qismiga oʻtish

Kembrij universiteti nashriyoti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Cambridge University Pressdan yoʻnaltirildi)
Kembrij universiteti nashriyoti
inglizcha: Cambridge University Press
MamlakatBuyuk Britaniya
Asos solingan1534
Asoschi(lar)Henry VIII
EgasiKembrij universiteti
ISBN978-0-511, 978-0-521, 978-0-646, 978-1-009, 978-1-107, 978-1-108, 978-1-139, 978-1-316, 978-1-85296, 978-1-911623, 978-4-903788, 978-65-00, 978-83-912085, 978-84-1322, 978-84-8323, 978-84-9036, 978-93-84463, 978-93-82264, 978-93-82993
Vebsaytcambridge.org

Kembrij universiteti nashriyoti (inglizcha: Cambridge University Press, CUP) – Buyuk Britaniyadagi universitet nashriyoti.

1534-yilda Henry VIII Tudor tomonidan patent yorligʻini olgan dunyodagi eng qadimgi universitet nashriyoti. Oksford universiteti nashriyotidan keyin dunyodagi ikkinchi yirik universitet nashriyoti boʻlib, Buyuk Britaniyada qirollikning rasmiy nashriyoti[d] hisoblanadi. Ingliz tilini oʻrganish uchun[1][2], masalan, Cambridge Advanced Learner’s Dictionary (tarjimasi „Ilg‘or o‘quvchilar uchun Kembrij lug‘ati“), shuningdek, boshqa mavzulardagi kitoblarni nashr etadi[3].

Nashriyotning 40 dan ortiq mamlakatlarda vakolatxonalari, idoralari va markazlari mavjud boʻlib, 50 000 dan ortiq mualliflarning asarlarini nashr etadi. Chop qilinadigan nashrlarga akademik jurnallar, monografiyalar, darsliklar, maʼlumotnomalar va Injil kiradi. Nashriyot tomonidan John Milton, Harvey William, Isaac Newton, Bertrand Russell, Stephen Hawking asarlari chop etilgan.

  1. „Oldest printing and publishing house“. Guinnessworldrecords.com (2002-yil 22-yanvar). 2013-yil 16-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 28-mart.
  2. Michael Black. Cambridge University Press, 1583—1984, 1984. ISBN 978-0-521-66497-4. 
  3. Jean Letessier, Johann Rafelski, T. Ericson, P. Y. Landshoff. Hadrons and Quark-Gluon Plasma. Cambridge University Press, 2002. ISBN 9780511037276.