Canadian Hot 100
Canadian Hot 100 Kanadadagi singllar chartidir. Chart har hafta Billboard jurnali tomonidan chop etiladi. Chart faoliyatini 2007-yil 31-martdan boshlagan.[1][2] Yangi chart har seshanba kuni Billboard tomonidan tuziladi va jamoatchilikka taqdim etiladi, biroq haftaning shanba kuni olib tashlanadi.
Ushbu chart Billboardning Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi Hot 100 reytingiga oʻxshash boʻlib, unda Nielsen SoundScan tomonidan oʻlchanadigan jismoniy va raqamli savdolar, Broadcast Data Systems tomonidan oʻlchanadigan radioefir hamda onlayn musiqa manbalaridan olingan striming faolligi maʼlumotlari birlashtiriladi. Kanadadagi radioefir koʻrsatkichi esa rok, kantri, kattalar uchun zamonaviy (adult contemporary) va Top 40 janrlarini ifodalovchi 100 dan ortiq radiostansiyalarni monitoring qilish natijasidir.[3]
Chartning ilk birinchi oʻrinni band qilgan ashulasi Rihanna ijrosidagi „Umbrella“ qoʻshigʻi boʻlgan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Billboard Launches Canadian Hot 100 Chart“. Billboard (7-iyun 2007-yil). Qaraldi: 7-iyun 2007-yil.
- ↑ „Billboard's Canadian Hot 100 Now Incorporates Spotify Listening“. Billboard (23-dekabr 2014-yil). Qaraldi: 23-dekabr 2014-yil.
- ↑ Mothersole, Peter L.; White, Norman W. (2023-11-07), „Radio Data System (RDS)“, Broadcast Data Systems, London: Routledge, 108–120-bet, ISBN 978-1-003-46073-2, qaraldi: 2024-12-25
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]