Caprice Bourret
Caprice Bourret (inglizcha: Caprice Bourret[1][2], tugʻilgan sanasi 1971-yil 24-oktyabr) — amerikalik model, aktrisa va ishbilarmon ayol. Hozirda u Londonda istiqomat qiladi va u yerda oʻzining By Caprice Lingerie kompaniyasini boshqaradi[3].
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Caprice yahudiy oilasida tugʻilgan va bolaligini Hasienda Hayts (Kaliforniya) da oʻtkazgan. 1996-yilda u Londonga koʻchib oʻtdi va u yerda modellik faoliyatini boshladi[4][5].
Modellik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Faoliyati davomida Caprice Vogue, GQ, Cosmopolitan, Esquire, Maxim, FHM va Sports Illustrated suzish kiyimlari kolleksiyasi[6] kabi 250 dan ortiq jurnallarning[7][8] muqovasida chiqdi. U News of World, GQs Woman of the Year and Maxim International Woman of the Year[9] tomonidan dunyodagi eng jozibali ayol deb topildi. Shuningdek, u Diet Coke va Pizza Hut[10] reklama roliklarida suratga tushgan.
Ichki kiyim yoʻnalishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2000-yilda Caprice Debenhams bilan shartnoma tuzib, ularga oʻz ismini ichki kiyimda ishlatish huquqini sotdi. Biroq 2006-yilda Caprice bu huquqdan voz kechdi va oʻz jamgʻarmalari bilan By Caprice Lingerie kompaniyasiga asos soldi. Keyinchalik u suzish kiyimlari, tungi kiyimlar va koʻrpa-toʻshaklarni ham ishlab chiqardi[11][12][13] 2010-yilda Bourret Bedding By Caprice kompaniyasini ishga tushirdi[14].
Boshqa loyihalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]1999-yilda Bourret Virgin Records bilan shartnoma tuzdi va Buyuk Britaniyada 24-oʻrinni egallagan birinchi “Oh Yeah” singlini chiqardi. 2001-yilda u yana bir “Once Around the Sun” singlini yozdi va u Buyuk Britaniyada 24-oʻrinni egalladi. 2012-yil avgust oyida Kapris Buyuk Britaniyaning eng yirik jurnallaridan biri Business Matters[15] uchun maqola yozishni boshladi.
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]2011-yilning yozidan beri Kapris Taey Comfort bilan turmush qurgan. Er-xotinning ikkita oʻgʻli bor – Jax Bure-Comfort (2013-yil 19-avgustda tugʻilgan, surrogat ona tomonidan tugʻilgan) va Jett Bure-Comfort (2013-yil sentyabrda tugʻilgan)[16].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ California Births 1905—1995
- ↑ According to the State of California. California Birth Index, 1905—1995. Center for Health Statistics, California Department of Health Services, Sacramento, California. At Ancestry.com
- ↑ „How Caprice went from supermodel to lingerie entrepreneur“. Real Business (26-noyabr 2009-yil). 2012-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-aprel 2012-yil.
- ↑ „5minute interview caprice bourret“. The Independent.[sayt ishlamaydi]
- ↑ Bloom, Nate. „Celebrity Jews“. Jweekly.com. The Jewish News Weekly of Northern California (29-iyul 2005-yil). 3-yanvar 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-avgust 2010-yil.
- ↑ „Most Popular“. CNN. 28-sentabr 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-avgust 2016-yil.
- ↑ Amira Hashish. „How Caprice became a model businesswoman“. Thisislondon.co.uk (9-iyun 2011-yil). 17-dekabr 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-aprel 2012-yil.
- ↑ Bevan, Nathan „Supermodel Caprice stars alongside Rhys Ifans in new show“. WalesOnline (14-fevral 2009-yil). 18-fevral 2009-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-aprel 2012-yil.
- ↑ „Interview Actress & Supermodel Caprice Bourret for Obesity Campaign UK“. Obesitycampaign.co.uk (27-avgust 2010-yil). 30-avgust 2010-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-aprel 2012-yil.
- ↑ Whitehead, Jennifer „Caprice steals forklift truck in new Diet Coke promotion“. Marketing magazine (2-oktabr 2003-yil). 29-mart 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-aprel 2012-yil.
- ↑ „Bradley Chapman Sales and Marketing“. Rawbusiness.com. 2017-yil 27-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-aprel 2012-yil.
- ↑ Slowe, Kat „INTERVIEW: Caprice Bourret“. Lingerieinsight.com (12-may 2011-yil). 2012-yil 30-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-aprel 2012-yil.
- ↑ bycaprice.com. „By Caprice stockists“. ByCaprice.com. 26-mart 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-fevral 2013-yil.
- ↑ Lingerie Buyer.co.uk. „Caprice Launches Bedding“. Lingerie-Buyer.co.uk. 2013-yil 21-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 31-yanvar 2013-yil.
- ↑ „Articles by: Caprice“. 2012-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-oktabr 2012-yil.
- ↑ „Caprice Bourret introduces miracle baby sons Jett and Jax — exclusive interview and photos“. 2013-yil 16-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-oktabr 2013-yil.