Carlo Cudicini
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Carlo Cudicini[1] | ||
Tavallud sanasi | 6-sentyabr 1973-yil[1] | ||
Tavallud joyi | Milan, Italy | ||
Boʻyi | 1.85 m[1] | ||
Ampluasi | Darvozabon | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Chelsea (ijaradagi futbolchilar texnik murabbiyi) | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
1992–1995 | AC Milan | 0 | (0) |
1993–1994 | → Como (ijara) | 6 | (0) |
1995–1996 | Prato | 30 | (0) |
1996–1997 | Lazio | 1 | (0) |
1997–2000 | Castel di Sangro | 46 | (0) |
1999–2000 | → Chelsea (ijara) | 1 | (0) |
2000–2009 | Chelsea | 141 | (0) |
2009–2012 | Tottenham Hotspur | 19 | (0) |
2013 | LA Galaxy | 21 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
1990–1992 | Italiya U18 | 20 | (0) |
1992–1993 | Italiya U21 | 1 | (0) |
Boshqargan klublari | |||
2016–2019 | Chelsea (yordamch) | ||
2019– | Chelsea (ijaradagi futbolchilar texnik murabbiyi) | ||
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Carlo Cudicini (6 sentyabr 1973) – asosiy faoliyatini Chelsea klubida darvozabon sifatida oʻtkazgan Italiyalik futbolchi. U sobiq AC Milan darvozaboni Fabio Cudicining oʻgʻli va Ponziana himoyachisi Guglielmo Cudicinining nevarasi. Cudicini hozirda Chelseada klubida ijaradagi futbolchilar uchun texnik murabbiy sifatida faoliyat olib bormoqda.
Cudicini 1992 yilda Serie A jamoasi AC Milanda professional futbolchilik faoliyatini boshladi, ammo asosiy jamoaga kirishga qiynalib, dastlab 1996-yilda Como jamoasiga ijaraga beriladi, soʻngra faoliyatini Prato va Lazio klublarida olib boradi. Lazio tarkibida liganing faqatgina bitta oʻyinida maydonga tushgach u bir yil oʻtib Castel di Sangro, keyin esa 1999-yilda Premyer Liga jamoasi Chelseaga klubiga oʻtdi.
U Claudio Ranieri davrida asosiy darvozabon boʻladi, ammo 2004-yilda yangi murabbiyi José Mourinho Petr Čech bilan shartnoma imzolagach Carlo asosiy tarkibdagi oʻrnini yoʻqotdi. Cudicini 2009-yil yanvar oyida Chelseani tark etadi, u klub safida jami 141ta liga oʻyinida ishtirok etadi. Oʻsha yili u Londonning boshqa bir klubi Tottenham Hotspur tarkibiga qoʻshiladi. Tottenhemda ham u ikkinchi yoki uchinchi darvozabon sifatida qoldi va klub uchun faqatgina 19ta liga oʻyinida maydonga tushadi. 2013-yilda Cudicini Major League Soccerning Los-Anjeles Galaxy klubiga borib qoʻshiladi.
Cudicini 1990 va 1992-yillar oraligʻida Italiya U-18 jamoasi safida 20 marotaba maydonga tushdi va 21 yoshdan kichiklar jamoasida ham bir marta oʻynadi, ammo hech qachon asosiy terma jamoasidan chaqiruv olmaydi.
Klubdagi karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Chelsea
[tahrir | manbasini tahrirlash]Debyutini Skonto Riga qarshi UEFA Chempionlar ligasi saralshida oʻtkazgan darvozabon mavsumni bor yoʻgʻi uchta oʻyin oʻtkazgan holda yakunlaydi[2]. U 2000-yilgi Angliya kubogi finalida ham zaxirada qoldirilgan. Keyingi mavsumdan boshlab u biroz koʻproq oʻyin amaliyotiga ega boʻla boshladi. Cudicini 23 ta turda maydonga tushgan boʻlsa, De Goey 15 turni asosiy tarkibda oʻtkazadi.
2001-2002-yilgi mavsum muxlislar tomonidan Chelseaning yil oʻyinchisi deb tanlandi. 2001-yil dekabr oyida Sunderland va Liverpoolga qarshi yetti kunlik vaqt oraligʻida oʻtgan oʻyinlarda ikki penaltini ham bartaraf etadi[3][4].
Cudicini 2002-03 yilgi mavsumda ITV Premiership Goalkeeper of the Season sovriniga loyiq koʻrildi.
Tottenham Hotspurs
[tahrir | manbasini tahrirlash]2009-yil 26-yanvar kuni Cudicini Tottenham Hotspur tarkibiga erkin agent sifatida qoʻshilganligi maʼlum qilindi[5]. U klub uchun oʻz debyutini 2009-yil 27-yanvar kuni Premyer Liga doirasida Stoke Cityga qarshi oʻyinda oʻtkazdi va u oʻyinda London klubi 3-1 hisobida zafar quchdi[6].
LA Galaxy
[tahrir | manbasini tahrirlash]Cudicini 2012-yil 31-dekabr kuni MLS klubi LA Galaxyga yana erkin agent sifatida qoʻshiladi. Darvozabon u yerda 2014-yil 26-yanvar qadar toʻp suradi[7].
Murabbiylik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2015-yil mart oyida Cudicini Irlandiya Respublikasi 21 yoshgacha futbol jamoasi murabbiylar shtabiga darvozabonlar murabbiyi sifatida qoʻshildi[8][9].
2016-yil iyul oyida Cudicini Chelseaga qaytadi va yangi birinchi jamoa bosh murabbiyi Antonio Kontega yordamchi sifatida faoliyat boshlaydi[8][10]. U 2018-19-yillarda Maurizio Sarri davrida ham ishini davom ettirdi[11].
2019-yil avgust oyida Cudicini ijaradagi futbolchilar uchun texnik murabbiy etib tayinlandi[12].
2022-yil dekabr oyida Cudicini FAI Coach Education Department kursida oʻqiganidan soʻng Dublinda UEFA professional murabbiylik litsenziyasini oldi[13].
Statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub | Yillar | Liga oʻyinlaridagi statistikasi | Mavsumdagi umumiy statistikasi | |||
---|---|---|---|---|---|---|
Division | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | ||
AC Milan | 1991-92 | Serie A | 0 | 0 | 0 | 0 |
1992-93 | Serie A | 0 | 0 | 3 | 0 | |
Umumiy | 0 | 0 | 3 | 0 | ||
Como (ijara) | 1993-94 | Seria C | 6 | 0 | 7 | 0 |
Prato | 1995-96 | Seria C | 30 | 0 | 30 | 0 |
Lazio | 1996-97 | Serie A | 1 | 0 | 1 | 0 |
Castel di Sangro | 1997-98 | Seria B | 14 | 0 | 16 | 0 |
1998-99 | Seria C | 32 | 0 | 38 | 0 | |
Umumiy | 46 | 0 | 54 | 0 | ||
Chelsea (ijara) | 1999-2000 | Premyer Liga | 1 | 0 | 3 | 0 |
Chelsea | 2000-01 | Premyer Liga | 24 | 0 | 29 | 0 |
2001-02 | Premyer Liga | 28 | 0 | 41 | 0 | |
2002-03 | Premyer Liga | 36 | 0 | 46 | 0 | |
2003-04 | Premyer Liga | 26 | 0 | 40 | 0 | |
2004-05 | Premyer Liga | 3 | 0 | 11 | 0 | |
2005-06 | Premyer Liga | 4 | 0 | 12 | 0 | |
2006-07 | Premyer Liga | 8 | 0 | 11 | 0 | |
2007-08 | Premyer Liga | 10 | 0 | 19 | 0 | |
2008-09 | Premyer Liga | 2 | 0 | 4 | 0 | |
Umumiy | 142 | 0 | 216 | 0 | ||
Tottenham Hotspur | 2008-09 | Premyer Liga | 4 | 0 | 4 | 0 |
2009-10 | Premyer Liga | 7 | 0 | 8 | 0 | |
2010-11 | Premyer Liga | 8 | 0 | 13 | 0 | |
2011-12 | Premyer Liga | 0 | 0 | 11 | 0 | |
2012-13 | Premyer Liga | 0 | 0 | 1 | 0 | |
Umumiy | 19 | 0 | 37 | 0 | ||
LA Galaxy | 2013 | MLS | 21 | 0 | 25 | 0 |
Jami | 265 | 0 | 373 | 0 |
Sovrinlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]AC Milan
- Serie A: 1992-93
- UEFA Championlar Ligasi finalchisi: 1992-93 [15]
Chelsea
- Angliya Premyer Ligasi: 2004-2005, 2005-2006-yillar
- FA Cup: 1999-2000, 2006-07
- Angliya Liga kubogi: 2004-05, 2006-07; finalchi: 2007-08
- FA Charity Shield/FA Community Shield: 2000, 2005 [16]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 1,2 The PFA Footballersʼ Whoʻs Who 2010–11. Mainstream Publishing, 2010 — 102-bet. ISBN 978-1-84596-601-0.
- ↑ „Games played by Carlo Cudicini in 1999/2000“. Soccerbase. Centurycomm. Qaraldi: 2013-yil 1-dekabr.
- ↑ „Chelsea too hot for Reds“. BBC (2001-yil 16-dekabr). Qaraldi: 2015-yil 8-sentyabr.
- ↑ „Cudicini denies Sunderland“. BBC (2001-yil 9-dekabr). Qaraldi: 2015-yil 8-sentyabr.
- ↑ „Cudicini Signs“. Tottenhamhotspur.com. Qaraldi: 2013-yil 20-may.
- ↑ „Tottenham 3–1 Stoke“. BBC News (2009-yil 27-yanvar). Qaraldi: 2010-yil 28-aprel.
- ↑ „Carlo Heading to L.A.“. Tottenham Hotspur (2012-yil 31-dekabr). Qaraldi: 2012-yil 31-dekabr.
- ↑ 8,0 8,1 „Carlo Cudicini - Club ambassador/assistant to first team head coach“. Chelsea F.C.. Qaraldi: 2017-yil 15-fevral.
- ↑ „Former Chelsea goalkeeper Carlo Cudicini to coach Republic of Ireland Under-21s“. Goal.com. Qaraldi: 2021-yil 13-dekabr.
- ↑ „Carlo Cudicini given role on the Chelsea coaching staff“. Sky Sports (2016-yil 22-iyul). Qaraldi: 2016-yil 18-oktyabr.
- ↑ „Carlo Cudicini profile“. Chelsea F.C.. Qaraldi: 2019-yil 21-avgust.
- ↑ „Carlo Cudicini takes on role coaching Chelsea loan players“. Chelsea F.C. (2019-yil 2-avgust). Qaraldi: 2019-yil 21-avgust.
- ↑ „UEFA Pro Licence graduates breaks 100 mark“. Football Association of Ireland (2022-yil 8-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 9-dekabr.
- ↑ „Carlo Cudicini" Club matches“. Worldfootball.net. 2016-yil 28-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-aprel.
- ↑ „Transfermarkt“. Qaraldi: 2024-yil 11-iyun.
- ↑ „Transfermarkt“. Qaraldi: 2024-yil 11-iyun.
- 6-sentyabrda tugʻilganlar
- 1973-yilda tugʻilganlar
- Chelsea F.C.
- Yashayotgan insonlar
- Erkak futbol darvozabonlari
- Italiyalik erkak futbolchilari
- AC Milan futbolchilari
- Tottenham Hotspur F.C. futbolchilari
- Chelsea F.C. futbolchilari
- Serie B futbolchilari
- Serie A futbolchilari
- Angliya Premyer-ligasi futbolchilari
- Angliyadagi chet ellik erkak futbolchilari
- LA Galaxy futbolchilari
- SS Lazio futbolchilari
- Alifbo boʻyicha sportchilar