Kontent qismiga oʻtish

Carlos Marchena

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Carlos Marchena
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Carlos Marchena López[1]
Tavallud sanasi 31-iyul 1979-yil (1979-07-31) (45 yosh)
Tavallud joyi Las Cabezas, Ispaniya
Boʻyi 1.83 m
Ampluasi himoyachi, yarim himoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Cabecense
1990—1997 Sevilla

Carlos Marchena López (talaffuzi: Karlos Marchena Lopez; 1979-yil 31-iyulda Sevilyada tugʻilgan) — ispaniyalik futbolchi. Ispaniya terma jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynagan[2].

1997-yilda „Sevilla“ futbol klubi bitiruvchisi Carlos Marchena „Valencia“ futbol klubi safida ilk debyutini qilgan. 2010-yilgi mavsum oraligʻida Carlos Marchena klubda 9 mavsum oʻtkazgandan soʻng „Valencia“ futbol klubini tark etgan. Futbolchining yangi klubi „Villarreal“ futbol klubi boʻlgan. Carlos Marchena yangi klubi bilan 3 mavsumga shartnoma imzolagan. Shu bilan bir qatorda, 2001-yilda Carlos Marchena „Valencia“ futbol klubi bilan shartnoma imzolab, Ispaniya chempionatiga qaytdi.

Xalqaro faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

1999-yilda Carlos Marchena Ispaniya yoshlar terma jamoasiga taklif qilingan va oʻsha yili uning tarkibida jahon chempioni boʻlgan. 2000-yilda Olimpiya terma jamoasi tarkibida himoyachi Sidney Olimpiadasida kumush medalni qoʻlga kiritdi[3]. 2002-yildan beri Carlos Marchena asosiy terma jamoaning futbolchisi boʻlib, uning tarkibida 2004—2010-yillardagi barcha yirik turnirlarda ishtirok etgan. Carlos Marchena futbol bo‘yicha jahon chempioni va Yevropa chempioni hisoblanadi[4].

2010-yilning may oyida Carlos Marchena terma jamoa safida ketma-ket magʻlubiyatsiz oʻtkazgan oʻyinlari soni boʻyicha afsonaviy braziliyalik Garrinchaning rekordini yangilagan[5]. Garrinchaning 49 ta oʻyindan iborat rekordi 1966-yildan beri saqlanib qolgan edi. Carlos Marchena ispanlar va Saudiya Arabistoni terma jamoasi oʻrtasidagi oʻrtoqlik oʻyinida ishtirok etib ketma-ket qog urib, „dubl“ qayd etgan[6].

Jamoa Mavsum Liga Kubok Xalqaro turnir Jami
Oʻyin    Gol Oʻyin    Gol Oʻyin    Gol Oʻyin    Gol
Sevilla 1997—1998 17 0 0 0 0 0 17 0
1998—1999 18 1 8 0 0 0 26 0
1999—2000 33 0 0 0 0 0 33 0
Jami 68 1 8 0 0 0 76 1
Benfica 2000—2001 20 2 0 0 0 0 20 2
Valencia 2001—2002 16 1 1 0 5 0 22 1
2002—2003 26 0 4 0 9 0 39 0
2003—2004 31 2 5 0 8 0 44 2
2004—2005 32 2 1 0 6 0 39 2
2005—2006 25 0 4 0 3 0 32 0
2006—2007 22 0 2 0 4 0 28 0
Jami 230 8 32 2 57 1 319 11
Villarreal 2010—2011 28 1 0 0 12 2 40 3
2011—2012 17 0 1 0 6 1 24 1
Jami 45 1 1 0 18 3 64 4
Deportivo 2012—2013 22 2 1 0 0 0 23 2
2013—2014 22 3 1 0 0 0 23 3
Jami 44 5 2 0 0 0 46 5
Kerala Blasters 2015 1 0 0 0 0 0 1 0
Umumiy faoliyatida 408 16 43 2 75 4 525 22