Kontent qismiga oʻtish

Chagan Atakan Arslan

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Chagan Atakan Arslan
Tavalludi 27-avgust, 1989-yil
Sivas,Turkiya
Fuqaroligi Turkiya
Boʻyi Andoza:Bo'yi-1.84 m
Turmush oʻrtogʻi Andoza:Oilali

Chagan Atakan Arslan (1989-yil 27-avgust, Sivas,Turkiya ) - turk kikbokschisi, muay-tay sportchisi va kino aktyor . [1]

Hayoti va faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Avatar laqabini olgan Chagan Atakan Arslan 1989-yil 27- avgustda Sivasda tug'ilgan.U sportdagi faoliyatini basketbol bilan boshlagan. 16 yoshida bodibilding bilan shug'ullangan Atakan Arslan 17 yoshida jangovar sport bilan tanishadi va o'shandan beri ko'plab muvaffaqiyatlarga erishdi.

2011-yilda u o‘zbekistonlik raqibini finalda 5000 nafar muxlis ko‘z o‘ngida nokautga uchratib, IFMA muay-tay bo‘yicha jahon chempioni unvonini qo‘lga kiritdi va shu yo‘nalishda erkaklar o‘rtasida o‘z mamlakatiga ilk oltin medalni olib keldi.

Uning kikboksing karerasidagi muhim voqealardan biri bu jahon kikboksing tashkilotlaridan biri Glory World Series bilan tuzilgan shartnomasidir.[manba kerak][ iqtibos keltirish kerak ] 2014-yilda debyut qilgan Atakan Arslon Glory 15 Istanbulda birinchi o'yinini braziliyalik raqibi Jonatan Olveyraga qarshi o'tkazadi. 2015-yilda u Glory 20 Dubai musobaqasida Chad Sudgen bilan ringga chiqadi.

2016-yilda Survivor mashhurlar Ko'ngillilari dasturida mashhurlar jamoasiga kiritilgan Avatar Atakan 5 oy davom etgan qiyin kurashdan so'ng Survivor chempioni bo'ladi. Survivordan keyin u ringga qaytdi va Mix Fight Gala tashkilotida 81 kilogramm vazn toifasidagi jahon chempionati bahslarida ishtirok etib, Kevin Brendani ikkinchi raundda nokautga uchratdi. 2016-yilning 3-dekabr kuni u kamarni himoya qilish uchun Marko Pike bilan jang o‘tkazadi va 3-raunddan so‘ng raqibini mag‘lub etib, kamarni himoya qildi.

Turli film va seriallarda rol ijro etgan Atakan Arslan professional sportdan tashqari model sifatida ham faoliyat yuritadi.

U 2017-yilda Star TVda namoyish eta boshlagan “Va'da” serialida birinchi leytenant Zafer Yaman rolini ijro etgan. Serialning 12-qismida u bilan xayrlashadi. Aktyor o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida aktyorlik og‘ir kasb ekanligini va shu sababli serialni tark etganini aytdi. Ammo bu xabarlar natijasida mashhur aktyor Tolga Sarıtash bilan til topisha olmagani uchun serialni tark etdi.

Shaxsiy hayoti[tahrir | manbasini tahrirlash]

2017-yilda Serap Ko‘rkmazga bilan turmush qurdi. 2018-yil iyun oyida uning Leon Aslan Arslan ismli o‘g‘il farzand dunyoga keldi. 2023-yil mart oyida er-xotinning ikkinchi farzandi Zeniya Arslan ismli qizi dunyoga keldi.

Omon qolgan sarguzasht[tahrir | manbasini tahrirlash]

U Survivor 2016 chempioni hisoblanadi. [2] Aktyor Kiprda o‘tkazilgan musobaqaning finalida g'oliblikni qo'lga kiritgan.

2022-yilda u Survivor 2022: All Star musobaqasida qatnashadi va 9-o‘rinni egallaan holda musoboqani tugatdi.

2024-yilda u Survivor 2024: All Star tanlovida zaxira o'yinchi sifatida ishtirok etdi.

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chagan Atakan Arslan IMDbda

  1. „Arşivlenmiş kopya“. 11 şubat 2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8 şubat 2016.
  2. „Arşivlenmiş kopya“. 9-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-mart.

Tashqi havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]