Chagang provinsiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Chagang provinsiyasi
Mamlakat Shimoliy Koreya
Maʼmuriy markazi Kanggye
Rasmiy tili koreys
Aholi (2008) 1,299,830
Zichligi 78/km2 (200/sq mi) kishi./km²
Maydoni 16 968 km²
(6,414 %)
Vaqt mintaqasi UTC+9 (Pyongyang vaqti bilan)
Xaritada
xaritada
Koordinatalari: 40°58′14.2″N 126°35′33.0″E / 40.970611°N 126.592500°E / 40.970611; 126.592500 G O

Chagang provinsiyasi (Chagangdo; Koreyscha talaffuzi : [changdo]) – Shimoliy Koreyadagi provinsiya boʻlib, shimolda Xitoyning Jilin va Liaoning provinsiyalari, sharqdan Ryanggang va Janubiy Xamgyong, Janubiy Pyongan bilan chegaradosh. Chagang 1949-yilda Shimoliy Pyongan chegarasi qayta koʻrib chiqilganidan keyin tashkil topgan. Viloyat markazi – Kangye shahri hisoblanadi. Chagangda joylashgan qurol zavodlari va yadroviy qurol inshootlari tufayli 2019-yilgacha provinsiya Shimoliy Koreyaning sayyohlar uchun toʻliq kirish imkoni boʻlmagan yagona provinsiyasi edi. 2019-yilda Manpo shahri sayyohlar uchun ochilgan[1]. 2018-yilning may oyida viloyat yadro quroli va qurol zavodlarini yashirish munosabati bilan „Maxsus Songun (birinchi harbiy) inqilobiy zona“ga aylangan[2].

Geografiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chagang provinsiyasi Koreyaning shimoli-gʻarbiy qismida joylashgan. Chagang togʻli viloyat boʻlib, hudud umumiy maydonining 98 foizi togʻlardan iborat. Dengiz sathidan oʻrtacha 750 metrda joylashgan va aksaryat mintaqalarning nishabi 15% dan 40% darajagacha.

Viloyat Osiyo materigi taʼsirida oʻziga xos kontinental iqlimga ega boʻlib qishi juda sovuq va uzoq va bahori bilan kuzi esa qisqadir. Iqlimi kunlik va yillik haroratning katta farqlanishi bilan tavsiflanadi. Yoz oylarida tez-tez yomgʻir va doʻl yogʻingarchiligi kuzatiladi. Momaqaldiroq va chaqmoq chaqishlari ham tez-tez sodir boʻlib turadi.

Viloyat katta mineral boyliklarga ega boʻlib, Shimoliy Koreyaning asosiy manbalari boʻlgan qoʻrgʻoshin, rux, oltin, mis, molibden, volfram, surma, grafit, apatit, alunit, ohaktosh, kalsiy karbonat, antratsit va temir rudalari qazib olinadi. Ular orasida kristallar va qimmatbaho toshlar ham mavjud.

Asosiy shaharlari va iqtisodiy faoliyati[tahrir | manbasini tahrirlash]

Viloyat yer osti, oʻrmon va suv resurslariga boydir. Koreya urushigacha Chagang provinsiyasi atigi ikkita kon, bitta yogʻoch tegirmoni va spirtli ichimliklar zavodiga ega boʻlgan alohida viloyat boʻlgan. Hozirda viloyatda energetika, mashinasozlik, kimyo, yengil va togʻ-kon sanoati, yogʻochsozlik sanoatlari mavjud.

Shimoliy Koreyaning yer osti harbiy sanoat ob’ektlarining aksariyat qismi Chagang provinsiyasida joylashgan boʻlib[3], jumladan, ularning ommaviy qirgʻin qurollari ishlab chiqarishning bir qismi ham shu provinsiyada joylashgandir[4].

Kanggye – Chagang provinsiyasining markazi hisoblanadi. Viloyat va mamlakatning asosiy yogʻochni qayta ishlash zavod[5]laridan biri Kanggye shahrida joylashgan.

Huichon provinsiyadagi eng rivojlangan shahardir. Uning rivojlanish tarixi Koreya urushidavriga toʻgʻri keladi, oʻshanda u alohida va asosiy jang maydonlaridan biri hisoblangan boʻlib, uzoqda joylashgani uchun sanoat shaharlaridan biriga aylangan.

Chagang Shimoliy Koreya 1945-yilda ozod qilinganidan keyin ham kam rivojlangan va izolyatsiya qilingan provinsiyalardan biri boʻlgan. Viloyat dehqonchilik qilish uchun qiyin sharoitda boʻlib, dehqonlar tirikchilik uchun togʻlik yerlarni haydab dehqonchilik qilishga majbuur boʻlishgan.

Hozirgi vaqtda dehqonchilik asosan chorvachilik bilan bogʻliq,bunga bir misol Hungju firmasidir.

Viloyat turizmi[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chagang provinsiyasi bir muncha vaqt Shimoliy Koreyada sayyohlar bora olmaydigan yagona viloyat hisoblangan. Sayyohlarga ruxsat berilmaganligining asosiy sababi, viloyatning qurol va yadroviy qurol zavodlari va maydonlari joylashganligi bilan bogʻliq boʻlgan. 2019-yil aprel oyigacha Chagang provinsiyasida sayyohlar uchun ochiq boʻlgan yagona qism Huichon mehmonxonasi edi[6].

Biroq, 2019-yil aprel oyida provinsiya sayyohlar uchun ochilgan va ular Manpo shahriga borishlari mumkin boʻlgan. Shahar Xitoy daryosining roʻparasida joylashgan[7].

Kichik va oʻrta elektr stantsiyalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Provinsiya mamlakatning energetika bazasiga aylantirilib, Kangye yoshlar elektr stansiyasi, Unbong elektr stansiyasi, Jangjagang elektr stansiyasi va boshqa yirik GESlar qurilgan.

Provinsiya 90-yillardan boshlab mahalliy hokimiyat burchi sifatida koʻplab kichik va oʻrta elektr stantsiyalarini qurgan. Ularni qurishda toʻgʻon,suv yoʻli,raf va shlyuzlar qoʻllanilgan samarali usullardan foydalanilgan.

Ishlab chiqarish quvvatini keskin oshirish maqsadida mahalliy texnik mutaxassislar tomonidan quvvati 2 kVt dan 70 kVt gacha boʻlgan kichik gidravlik turbinalar ishlab chiqarilgan.

Maʼmuriy boʻlinmalari[tahrir | manbasini tahrirlash]

Chagang 15 okrug va 3 shaharga boʻlingan.

Nomi Chosongul Hanja Aholisi
(2008)[8]
Boʻlinmalari
Shaharlari
Huichon 희천시 熙川市 168,180 21 dong, 12 ri
Kanggye (capital) 강계시 江界市 251,971 34 dong, 2 ri
Manpo 만포시 滿浦市 116,760 11 dong, 15 ri
Okruglari
Changgang okrugi 장강군 長江郡 54,601 1 up, 3 rodongjagu, 10 ri
Chasong okrugi 자성군 慈城郡 50,939 1 up, 1 rodongjagu, 15 ri
Chonchon okrugi 전천군 前川郡 106,311 1 up, 5 rodongjagu, 11 ri
Chosan okrugi 초산군 楚山郡 43,614 1 up, 18 ri
Chunggang okrugi 중강군 中江郡 41,022 1 up, 1 rodongjagu, 8 ri
Hwapyong okrugi 화평군 和坪郡 42,183 1 up, 3 rodongjagu, 10 ri
Kopung okrugi 고풍군 古豐郡 31,572 1 up, 12 ri
Rangrim okrugi 랑림군 狼林郡 36,481 1 up, 2 rodongjagu, 14 ri
Ryongrim okrugi 룡림군 龍林郡 32,727 1 up, 12 ri
Sijung okrugi 시중군 時中郡 41,842 1 up, 14 ri
Songgan okrugi 성간군 城干郡 92,952 1 up, 5 rodongjagu, 9 ri
Songwon okrugi 송원군 松原郡 38,051 1 up, 12 ri
Tongsin okrugi 동신군 東新郡 47,460 1 up, 14 ri
Usi okrugi 우시군 雩時郡 42,919 1 up, 1 rodongjagu, 22 ri
Wiwon okrugi 위원군 渭原郡 60,245 1 up, 2 rodongjagu, 20 ri

Havolalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. „Manpo City to Open Foreign Tourists“ (en). Young Pioneer Tours (2019-yil 25-aprel). Qaraldi: 2020-yil 26-iyun.
  2. „North Korea designates Chagang Province as special zone, possibly to conceal nuclear weapons“ (en-US). Daily NK (2018-yil 23-may). Qaraldi: 2020-yil 26-iyun.
  3. „Defense“. Federation of American Scientists. Qaraldi: 2013-yil 11-oktyabr.
  4. „North Korea Expanding WMD Production Capabilities“. Nuclear Threat Initiative (2011-yil 27-oktyabr). Qaraldi: 2013-yil 11-oktyabr.
  5. „[탐방 목재가구공장“]. 통일신문. [sayt ishlamaydi]
  6. „Huichon Hotel | North Korea Travel Guide – Koryo Tours“ (en). koryogroup.com. Qaraldi: 2020-yil 26-iyun.
  7. „Manpo City to Open Foreign Tourists“ (en). Young Pioneer Tours (2019-yil 25-aprel). Qaraldi: 2020-yil 26-iyun.
  8. „DPR Korea 2008 Population Census: National Report“. Central Bureau of Statistics (2009). 2016-yil 26-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 25-noyabr.