Chahatt Khanna
Chahatt Khanna | |
---|---|
Tavalludi | 17-iyul 1986 |
Fuqaroligi | Hindiston |
Kasbi | Aktrisa |
Faoliyat yillari | 2005-hozirgacha |
Chahatt Khanna — hind kino aktrisasi. U „Bade Achhe Lagte Hain“ filmida Aysha va „Qubool Xay“ filmida Nida rolini ijro etishi bilan tanilgan.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Chahatt oʻz faoliyatini 16 yoshida boshlagan. Uning birinchi bor ekran uchun suratga olinishi 2002-yilda Pradeep Sarkar bilan „Cadbury“ reklamasida boʻlgan. Uning birinchi suratga tushgan telekoʻrsatuvi esa 2002-yildagi „Sachi Baat Sabhi Jag Jeyn“ deb nomlangan. Uning filmlardagi birinchi tanaffusi „7½ Phe“ bilan boʻlgan. Oʻsha yili Chahatt „The Film“ (2005) trillerining aktyorlaridan biri sifatida koʻrilgan. Film qisman bir-biri bilan kurashayotgan kino sanʼatkorlarining hayoti haqida. Chahatt, shuningdek, 2005-yilda 8 epizod (4 soat) davomida „Hero Bhakti Hi Shakti Xay“ shousida kameo rolini ijro etgan. U shouda malika Mayra rolini o‘ynagan. Khanna „Sun tv“ telekanalida efirga uzatilgan „Star“ koʻrsatuviga taklif qilingan va u shouda boshlovchilik sifatida faoliyat yuritgan. Keyinchalik u „Sony TV“ning „Kajjal“ koʻrsatuvida ishtirok etdi.
2009-yilda u „Ek Main Ek Tum“da, keyin esa „MTV Stuntmania“ telekanalida suratga olish guruh rahbari sifatida faoliyat yuritgan.
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Khanna birinchi marta 2006-yil dekabrida Bharat Narsinghani bilan turmush qurgan, biroq bir necha oydan so‘ng Naringhani unga jismoniy zo‘ravonlik qilgani uchun ajrashgan[1]. Ularning uchrashishi 2002-yilda 16 yoshida boshlangan. Ikkinchi turmush oʻrtogʻi Farxon Mirzo boʻlib, u bilan 2013-yil fevral oyida turmushga chiqqan[2] She married Farhan Mirza, the son of Shahrukh Mirza on 8 February 2013.[3]. U 2013-yil 8-fevralda Shohruh Mirzoning oʻgʻli Farxon Mirzoga turmushga chiqqan. Er-xotinning ikki qizi bor. U 2018-yilda jinsiy va ruhiy zo‘ravonlik sabab ajrashish uchun ariza bergan.
Filmografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Filmlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yillar | Nom | Role | Eslatma |
---|---|---|---|
2005 | The Film | Ankita Kulkarni | |
2005 | 7½ Phere..More Than a wedding | Piyaali „Piya“ Joshi | |
2010 | Ek Main Ek Tum | Chahat | |
2011 | Thank You | Kanishka | |
2019 | Prassthanam | Palak |
Televideniyeda
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yillar | Nom | Rol | Notes | Ref. |
---|---|---|---|---|
2005 | Hero — Bhakti Hi Shakti Hai | Malika Myra | 8 ta epizod | |
2006 | Kumkum — Ek Pyara Sa Bandhan | Aashka Wadhwa | ||
2007 | Kaajjal | Katie / Kaajjal | ||
2011-2013 | Bade Achhe Lagte Hain | Ayesha Sharma Kapoor | ||
2014 | Qubool Hai | Nida | ||
2015 | Darr Sabko Lagta Hai | Richa | Epizod 4 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „A wife-beater will never change“ (2007-yil 4-avgust). Qaraldi: 2018-yil 27-iyun.
- ↑ „Shahrukh Mirza's son wedding ceremony“ (2013-yil 10-fevral). Qaraldi: 2018-yil 27-iyun.
- ↑ „The big fat TV weddings“. Hindustan Times (2013-yil 7-fevral). Qaraldi: 2016-yil 28-mart.