Kontent qismiga oʻtish

Chalqar (tuman)

Koordinatalari: 47°49′40″N 59°36′58″E / 47.82778°N 59.61611°E / 47.82778; 59.61611
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Chalqar tumani
qoz. Шалқар ауданы
tuman
Tarkibida Oqtoʻbe viloyati
Maʼmuriy markazi Chalqar
Asos solingan sanasi 1921-yil
Akim Danagʻulov Yerboʻl Jetkergenovich
Rasmiy tillar qozoq
Aholi (2013) 45,513[1]
Zichligi 0,7 kishi./km²
Dinlar tarkibi Musulmonlar, Xristianlar
Maydoni 62,200 km²
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +7 71335[2]
Pochta indeksi 031200-031216[3]
Avtomobil raqami kodi D, 04
Rasmiy sayti http://shalkar.aktobe.gov.kz/
Xaritada
Chalqar tumani xaritada
47°49′40″N 59°36′58″E / 47.82778°N 59.61611°E / 47.82778; 59.61611

Chalqar tumaniOqtoʻbe viloyatining janubi-sharqiy qismidagi maʼmuriy hudud. Yer maydoni 62,2 ming km2. Tuman 1921-yilda tashkil topgan. Aholisi 45,513 (2013);[1] kishi, oʻrtacha zichligi 1 km2-ga 0,7 kishidan toʻgʻri keladi (2013). Tuman markazi — Chalqar shahri[4].

Tuman iqlimi keskin kontinental, qishi ancha sovuq, yozi issiq va qurgʻoq. Yanvar oyining oʻrtacha yillik harorati –10 — 12 °С, shimoliy qismida –14 — 16 °С. Iyul oyining yillik oʻrtacha harorati 24 – 26°С. Yogʻingarchilikning oʻrtacha yillik miqdori 150 – 200 mm.

Aholi punktlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

66-temir yoʻl razyezdi, 67-temir yoʻl razyezdi, Begumbet, Birshoʻgʻir, Boyqadam, Boʻzoʻy, Esetota, Kengdola, Koʻpmoʻla, Munke Biy, Olabosh, Olaqoʻzi, Oqqaytim, Qo'tirtosh, Qonbaxtli, Qorabuloq, Qorashoʻqot, Qoratol, Qoratoʻgʻoy, Qoviljir, Qoʻpasoʻr, Qoʻpatoy, Qo‘rg‘onjar, Quyonquloq, Saridulak, Shilikti, Shoʻqisuv, Toldiqum, Toshbuloq, Tumolikoʻl, Ushquroy.

Ijtimoiy soha

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tumanda 44 ta maktab, 1 kasbiy-texnik maktab, sport maktabi, 3 ta bolalar bogʻchasi, 4 ta madaniyat uyi, 12 kutubxona, stadionlar aholiga xizmat qilmoqda. Tibbiyot sohasida tuman kasalxonasi va shifoxonasi, 1 qishloq kasalxonasi, 2 feld.-akusherlik punkt, 10 feldsherlik punkt aholi uchun xizmatda[5].

  1. 1,0 1,1 „Население Республики Казахстан“ (Russian). Департамент социальной и демографической статистики. Qaraldi: 2013-yil 27-dekabr.
  2. Телефонные коды[sayt ishlamaydi]
  3. „Почтовые индексы Казахстана“. 2014-yil 9-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 4-fevral.
  4. www.geonames.de Subdivisions of Kazakhstan in local languages
  5. Qozoq Ensilopediyasi, 9 tom