Kontent qismiga oʻtish

Chambal

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Chambal — Hindistondagi daryo, Jamna daryosining oʻng irmogʻi. Uzunligi 830 km, havzasining maydoni 135 ming km². Vindhya togʻlaridan boshlanib, Malva platosini kesib oʻtadi. Oʻrtacha suv sarfi 600 m³/sek. Suvi, asosan, sugʻorishga sarflanadi. GES bor. Rampur shahri yaqinida yirik suv ombori qurilgan. Daryoning ayrim qismlarida kema qatnaydi. Ch. boʻyida Kota shahri joylashgan.